Andijon Davlat
Universiteti
QOZOG'ISTONDA TA'LIM OLISHNI ISTAGANLAR UCHUN QULAY IMKONIYAT!
2019-06-21    16958

Qozog‘iston Respublikasi Fan va ta’lim vazirligi xorjiy fuqarolar uchun Qozog‘istonda bakalavriatura, magistratura va doktoranturada grant asosida tahsil olish uchun ta’lim grantlarini e’lon qiladi.

2019/2020 o‘quv yili uchun bakalavriaturaga - 25 ta, magistraturaga - 125 ta, doktoranturaga - 10 ta joy ajratildi.

Arizalarni qabul qilish muddati 15-maydan – 19-iyulga qadar davom etadi.

Grant koordinatori: Qozog‘iston Respublikasi Fan va ta’lim vazirligining Boloniya Jarayoni Markazi.

Mazkur ta’lim grantida tahsil olishni istagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari quyidagi veb-portalga: www.enic-kazakhstan.kz  yoki admission@n-k.kz elektron manzilga murojaat qilishingiz mumkin.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni AndDU xalqaro hamkorlik bo‘limi 128 xonaga (universitet  asosiy binosi)ga  murojaat qilishingiz mumkin (+998902172076). 

 

                                   

Farhod Alimov 
AndDU xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig'i
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.