O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-martdagi yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo’yicha 5 ta muhim tashabbusning 1-bandida ko’zda tutilgan – yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qilishining ijorisini ta’minlash maqsadida va qolaversa, «1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni» munosabati bilan O’zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Andijon shahar
kengashi tomonidan “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” shiori ostida O’zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Andijon shahar kengashi raisi N.R.To’raqulova rahbarligida joriy yilning 31-may kuni Andijon davlat universiteti tuzilmasidagi “Qatag’on qurbonlari xotirasi muzeyi”ga viloyatimizda joylashgan akademik litsey, maktab, maktabgacha ta’lim muassasasining kam ta’minlangan oilalarning 200 nafar farzandlari tashrif buyurishdi.
Ekskursiya davomida muzey rahbari Rustambek Shamsutdinov tashrif buyurgan mehmonlarga muzeyning qiziqarli eksponatlari, foto va video materiallari bilan tanishtirdi. Bundan tashqari muzeyga bolalar bilan birgalikda ularning ota-onalari, maktab o’qituvchilari ham tashrif buyurishdi. Muzeyga nabiralari bilan tashrif buyurgan keksa onaxon, Andijon shahridagi 21-umumta’lim maktabi rus tili o’qituvchisi Umarova Aminaxon aya ham muzey haqida o’z taassurotlari bilan bo’lishdi.
Muzeydagi eksponatlarning ahamiyati, qimmatliligi va hozirgi maktab darsliklaridagi dolzarb mavzularni yanada kengroq o’rganishda ushbu muzeyning ahamiyati beqiyos ekanini aytib o’tdi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI