Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI TANLOV E'LON QILADI: SIZ PREZIDENT VA NOMDOR DAVLAT STIPENDIYALARI SOHIBI BO'LMOQCHIMISIZ?
2019-05-30    3869

Andijon davlat universitetidagi qobiliyatli yoshlarni rag‘batlantirish ularni faol yaratuvchilik faoliyatiga keng jalb etish, iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash hamda munosib taqdirlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi va nomdor Davlat stipendiyalariga tanlov e’lon qiladi.

Tanlovda ishtirok etmoqchimisiz?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi sohibi bo‘lmoqchimisiz?

Unda Siz:

- umumta’lim tayyorgarligini ilmiy-tadqiqot (ijodiy ishlar) ishlari bilan uyg‘unlashtirish;

- yo‘nalishlar bo‘yicha konferensiya (tanlov)larda qatnashish;

- kamida ikkita e’lon qilingan ishlar (asarlar)ning mavjudligi;

- tillarni - davlat tilini va bitta xorijiy chet tilni bilish (Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari davlat tillaridan tashqari), bakalavriatdagi ta’lim yo‘nalishi yoki magistraturadagi mutaxassislik xorijiy til bo‘lgan taqdirda esa qo‘shimcha ravishda yana bitta xorijiy tilni bilish;

- O‘zbekiston tarixini bilishingiz zarur.

Nomzodlar quyidagi hujjatlarni:

- sinov daftarchasidan ko‘chirma;

- dekanat, kafedra tavsiyanomasi;

- ilmiy (ijodiy) ish annotatsiyasi;

- rahbarning fikr-mulohazalari;

- ilmiy (ijodiy) ishga taqriz;

- ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning bosma nusxalarini

Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limiga topshirishlari so‘raladi.

 

Davlat stipendiyalari (Islom Karimov, Navoiy, Ulug‘bek) sohibi bo‘lmoqchimisiz?

Unda Sizdan:

- a’lo o‘qish va ilmiy (ijodiy) ishlarda ishtirok etish;

- tillarni - davlat tilini va bitta xorijiy (Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari davlat tillaridan tashqari) tilni bilish, bakalavriatdagi ta’lim yo‘nalishi xorijiy til hisoblangan alohida hollarda qo‘shimcha ravishda yana bitta xorijiy tilni bilish; O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslar uchun esa o‘qish olib boriladigan tilni qo‘shimcha ravishda bilish talab qilinadi.

Nomzodlar quyidagi hujjatlarni:

sinov daftarchasidan ko‘chirma;

dekanat, kafedraning tavsiyanomasi;

ilmiy (ijodiy) ish rahbarining fikr-mulohazasi;

tillar kafedrasining suhbat natijalari haqidagi ma’lumotnomasini

Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limiga topshirishlari so‘raladi.

 

Muddat: 2019 yil 20 iyun

 

Murojaat uchun telefon: (0374) 223-88-62

Manzil: Andijon davlat universiteti asosiy binosi, 3-qavat “Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish”  bo‘limi.

Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo'limi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.