QADIM XITOY TAASSUROTLARI
2017-08-11
7644
Xitoy o‘zining tarixi, ilmiy, texnikaviy yutuqlari bilan dunyo ijtimoiy-iqtisodiy hayotida o‘ziga xos o‘ringa ega. Shuning uchun ham mazkur davlat ta’lim tizimi, ilm-fan yangiliklari bilan tanishib borish turli yo‘nalishlarda yutuqlarni qo‘lga kiritishimizga ko‘mak beradi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan Xitoy Xalq Respublikasi ta’lim Vazirligi o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlik Bitimi hamda Shanxay Hamkorlik Tashkiloti doirasida Xitoy Xalq Respublikasi hukumati tomonidan ajratilgan grantlar asosida 2016/2017 o‘quv yili uchun o‘zbekistonlik talaba, magistrant, katta ilmiy xodim-izlanuvchi, o‘qituvchi va xodimlarining stajirovka o‘tashlarini tashkil etish maqsadida nomzodlar qabul qilish e’lon qilindi.
Andijon davlat universiteti rahbariyati tomonidan mening nomzodim tanlovga tavsiya etildi hamda suhbatlardan muvoffaqiyatli o‘tib Xitoy Xalq Respublikasining Beijing Institute of Technlogy (Pekin texnologiya instituti) oliygohiga Informations and electronics engineering mutaxassisligi bo‘yicha 10 oy muddatga malaka oshirishga yo‘llanma oldim.
Xitoy davlatiga ketish oldidan o‘z ilmiy izlanishlarim bo‘yicha bir qancha rejalarni amalga oshirib kelishni maqsad qilgan edim. Jumladan, o‘z ilmiy izlanishlarimda yahshi natijalar bilan qaytishni rejalashtirgan edim. Ammo men tanlagan soha Beijing Institute of Technlogy oliygohidagi professor-o‘qituvchilari yo‘nalishiga mos kelmaganligi sababli o‘z yo‘nalishim bo‘yicha ilmiy rahbar topish ilojsizligi sabab, rejalashtirgan ilmiy izlanishlarim bo‘yicha natijalar olish imkonsiz bo‘lib qoldi. Shuning uchun oliygohdagi non-degree exchange program (maxsus malaka almashish programmasi) dasturida ko‘rsatilgan Information and electronics engineering – axborot va elektronika muxandisligi mutaxassisligi bo‘yicha fanlarni tanladim.
Malaka oshirish davrida magistr hamda PhD (kichik ilmiy xodim-izlanuvchi) talabalari bilan birga tahsil oldim. I va II semestrlarda soha fan yo‘nalishlari: Digital speech signal processing, fundamental Communication Networks, Information Theory and Applications in engineering, Advanced Digital Communications, statistical Signal Processing B, High Resolution Radar, Multi-source Data Fusion Theory and Application fanlarida ishtirok etdim.
Non-degree exchange student program dasturi bo‘yicha bizga “International student center” – “Xalqaro talabalar markazi”dagi coordinatorlarimiz kredit to‘plash zarur emasligi tushuntirishdi. Darslarga qatnashish mobaynida ko‘plab yangi bilim va malakalarga ega bo‘ldim.
E’tiborli jihati, fanlar mustaqil amaliy mashg‘ulotlar bilan o‘tildi. Masofaviy ta’lim yahshi yo‘lga qo‘yilgan, olingan topshiriqlarni o‘z muddatida online tarzda ko‘rsatilgan manzilga joylash zarur. Har bir fandan report hamda proyektlar tayyorladik. Proyektlarni tayyorlashda asosan Matlab, WireSHark, Mapple va bir necha programmalar orqali bajardik hamda natijalar oldik. Bu kabi programmalar bilan ilgari ishlamagan edim, shuning uchun bu programmalarni o‘rganish men uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi. O‘z oldimga bu programmalarni yanada chuqurroq organib o‘zim ishlayotgan oliygohimda qolgan hamkasblarim bilan baham ko‘rishni rejalashtirdim.
Beijing institute of technology oliygohida 3 ta asosiy campus (o‘quv shaharcha)lari mavjud. Har bir shaharcha katta-katta maydonlarni egallaydi. Shaharchalardan biri aynan ilmiy-tajriba ishlari uchun ajratilgan.
Institutda har oyda Xitoy madaniyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida xalqaro talabalarni Xitoyning qadimiy hamda dunyoga mashhur joylariga sayohatlar uyushtirishdi. Bu sayohatlar orqali Xitoy xalq madaniyati bilan yaqindan tanishdik va bir qancha ma’lumotlarga ega bo‘ldik.
Malaka oshirish davrimizda Osiyo davlatlari madaniyat kuni bo‘lib o‘tdi. Mazkur san’at va madaniyat bayramida o‘zbekistonlik talabalar bilan yurtimizning go‘zal va betakror madaniyati va qadriyatlari bilan qatnashdik. O‘zbekiston Respublikasining Pekin shahridagi elchixonasi ko‘magida yurtimiz haqida ko‘plab ma’lumotlar berishga erishdik. Madaniyat kuniga tashrif buyurgan barcha mehmonlar qalbidan O‘zbekiston milliy taomlari o‘zgacha joy egalladi. Madaniyatimiz bilan yaqindan tanishish istagidagi ko‘plab davlatdan tashrif buyurgan talaba va mehmonlarga o‘z vatanimiz tarixi va madaniyati haqida ma’lumotlar berib o‘tdik.
Menga manzur jihatlardan yana biri, institutda sportning ommaviyligiga alohida e’tibor qaratilgan. Shuning uchun bu dargoh yoshlari sportda katta yutuqlarga erishgan. Institutda futbol, basketbol, yengil atletika va boshqa sport turlariga bo‘lgan e’tibor juda yaxshi. Xitoy futbol assotsiatsiyasining (Xitoy futbol assotsiatsiyasi Jia ligasi) ishtirok etgan talabalar futbol jamoasi bor. Men ham institut qishki sport o‘yinlarida engil atletika o‘yinlarida qatnashib II o‘rinni egalladim.
Qadim Xitoy davlatida o‘tgan 10 oylik malaka oshirish muddatida katta taassurotlar, har bir o‘tilgan fandan o‘zimga kerakli ko‘plab ma’lumotlar oldim hamda bilim va malakaga ega bo‘ldim. Kelajakda bu olgan bilim va malakalarimni ilmiy izlanishlarimda foydalanishni, shu o‘rinda hamkasblarim bilan baham ko‘rishni rejalashtirdim.
Navro`zbek MIRZAALIMOV
Universitet fizika kafedrasi assistenti. Axborot texnologiyalari markazi hodimi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Saytda nashr qilinayotgan ma'lumotlar uchun mualliflar javobgar. Saytdagi har qanday ma'lumotdan foydalanishga, bizning saytga havola ko'rsatish sharti bilan ruxsat etiladi. Internet nashrlar ma'lumot ko'chirganida, qidiruv tizimlari uchun erkin, ochiq havola ko'rsatishi shart. Havola qisman yoki to'liq foydalanilishidan qat'iy nazar ko'rsatilishi shart.
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.