O‘zbekiston Respublikasining rivojlanishida, jahon iqtisodiy maydonida o‘zining mustahkam o‘rnini egallab borishida yoshlarimiz o‘zlarining hissalarini qo‘shib bormoqda. Xususan Markaziy Osiyo davlatlari bilan yaqin qo‘shnichilik aloqalarini mustahkamlashda yoshlarimizning o‘rni va roli beqiyos ekanligi xech kimga sir emas.
Bugun Qirg‘iziston Respublikasi Birlashgan yoshlar tashkiloti delegatsiyasi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyat Kengashi vakillari bilan o‘zaro do‘stlik aloqalarini mustahkamlash va ikki tomonloma xamkorlik masalalarini muhokama qilish hamda birgalikda yoshlar o‘rtasida yirik loyihalarni amalga oshirish maqsadida Andijon viloyatiga tashrif buyurdi.
Qirg‘izistondan tashrif buyurgan mehmonlar milliy an’analarimizga asoslangan holda tantanali ravishda kutib olindi. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Qirg‘iziston yoshlar birlashmasi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.
Shundan so‘ng viloyatimizda qad roslagan Yoshlar markazida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. So‘ng mehmonlar Andijon davlat universitetiga yo‘l oldilar. Mexmonlar universitet tarixi, bugungi hayoti, ta’lim jarayoni bilan yaqindan tanishib chiqdilar.
Shuningdek, delegatsiya vakillari ADU Qirg‘iz filologiyasi fakultetida tahsil olayotgan yoshlar bilan uchrashib, ularga mashhur qirg‘iz adiblarining kitoblari taqdim etildi. Mehmonlar universitetimizda barpo etilgan “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi bilan ham tanishib chiqdilar. Muzeyning har bir eksponati, rasm va ko‘rgazmalari muzey xodimlari tomonidan mexmonlarga tanishtirilib chiqildi.
“Bizga Andijonning mehmondo‘stligi juda xam ma’qul keldi. Universitetga qilgan tashrifimizdan rossa ham quvondik. Bizga universitetning muzeyi juda ham ma’qul keldi. O‘zbekistonda 1 kun davomida bo‘lgan bo‘lsakda, vaqtimizni samarali o‘tkazdik” deydi ishtirokchilardan biri o‘z taasurotlari bilan o‘rtoqlashgan holda. Darhaqiqat qirg‘iz va o‘zbek xalqlari o‘rtasidagi munosabatlarning tobora mustahkamlanishi ikki mamlakat uchun ham birdek manfaatli, zero, o‘tmishsiz kelajak, hamkorliksiz taraqqiyot bo‘lmaydi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI