Andijon Davlat
Universiteti
“YOSHLAR- KASB KO’NIKMALAR - KELAJAK”
2019-05-21    4333

Joriy yilning 13-15 may kunlari poytaxtimizda O’zbekiston Yoshlar Ittifoqi hamda Yoshlar loyihasini boshqarish (YPM) bilan hamkorlikda IV Xalqaro Yoshlar Sammiti bolib o’tdi.

Bugun mamlakatimizda yoshlarni o’z kasbining haqiqiy egasi sifatida tarbiyalash, ularni har sohada qo’llab quvvatlashga qaratilgan ko’plab chora tadbirlar davlat siyosati darajasida olib borilayotganligi hech kimga sir emas.  Bu esa o’z navbatida ularni kasb ko’nikmalarini rivojlantirishda, istiqbolli loyihalarini amalga oshirishda katta ko’mak berib kelmoqda. Mana shunday islohotlarni davomiyligini ta’minlash maqsadida “Yoshlar ijod saroyi ”da tashkil etilgan ushbu anjumanga hududlarimizdan 120 nafar hamda horijdan 30 nafar iqtidorli yoshlarni jamlab eng avvalo yosh avlod o’rtasida yanada uzviy do’stona aloqalarni mustahkamlash, turli hududlardan tashrif buyurgan yoshlar o’rtasida hamkorliklar o’rnatishga qaratildi. Anjumanda Andijon davlat universitetining 6 nafar iqtidorli talabalarining ishtirok etishi quvonarli hol albatta.

Xalqaro sammit “Yoshlar – kasb ko’nikmalar – kelajak” nomi ostida o’tkazilganligi ham aslida bejizga emas. Anjumandan ko’zlangan asosiy maqsad ham yoshlarda XXI asr kasb malakalarini shakllantirish ularda boshqaruv va yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirishdir. Sammit Yevropa Ittifoqining O’zbekistondagi delegatsiyasi siyosat, matbuot va axborot bo’limi rahbari, Jassi Narvining nutqi bilan ochib berildi:

Hozirgi kunda ijtimoiy faollikni oshirishda tanqidiy fikrlash asosiy ahamiyatga ega. Ushbu Xalqaro anjuman doirasidagi master klasslar yoshlarda mana shu ko’nikmani rivojlantirishga sharoit yaratadi. Ushbu sammit orqali tajriba va ko’nikmalar, istiqboldagi rejalar haqida yangi fikrlar, g’oyalar olish kutilmoqda.

Shuningdek, sammit doirasida yoshlar nafaqat yetuk mutaxassislardan turli kasb yo’nalishlari bo’yicha dars mashg’ulotlari olishdi, balki ular uchun turli ko’ngilochar o’yinlar, raqs namoyishlari, yoshlar uchun tashkil etilgan bir qancha aksiyalar, ko’rgazmalar tufayli ham yuqori darajada tashkil etildi. Anjuman so’nggida faol ishtirokchilar turli esdalik sovg’alari va sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.

Anjuman ishtirokchisi sifatida keyingi yillarda ushbu dastur yanada ko’proq yoshlarni qamrab olishini istar edim.

Komilova Kamola
ADU chet tillari fakulteti 1-bosqich talabasi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.