Andijon Davlat
Universiteti
QIRG‘IZ-O‘ZBEK UNIVERSITETIDA XALQARO “DO‘STLIK FESTIVALI”
2019-05-20    8137

Joriy yilning 16-17 may kunlari Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh shahridagi Qirg‘iz-o‘zbek universiteti tashabbusi bilan xalqaro “Do‘stlik festivali” bo‘lib o‘tdi.

Festivalda O‘zbekistondan Andijon, Farg‘ona, Namangan davlat universitetlari hamda Qo‘qon davlat pedagogika institutlari jamoalari qatnashdilar. Jismoniy madaniyat fakulteti dekani Botirjon Nosirov boshchiligidagi Andijon davlat universiteti jamoasi ham festivalda faol ishtirok etdilar. 

Festivalning birinchi kuni mamlakatimiz va Qirg‘izistondan 7 ta oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida sportning volleybol, stol tennisi turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.

Keskin va shiddatli kechgan volleybol musobaqalari natijasiga ko‘ra 1-o‘rinni mezbon Qirg‘iz-o‘zbek universiteti jamoasi egallagan bo‘lsa, 2-o‘rinni Namangan davlat universiteti qo‘lga kiritdi. 3-o‘rin Andijon davlat universiteti jamoasiga nasib etdi. Volleybol bo‘yicha baxslarning eng yaxshi o‘yin tashkil etuvchisi nominatsiyasiga S.Yuldashev (AndDU), eng yaxshi hujumchi nominatsiyasida A.Turg'unov (NamDU), eng yaxshi himoyachi nominatsiyasida R.Maxsudovlar loyiq ko'rildi.

Stol tennisi sport turi bo‘yicha o‘qituvchilar o‘rtasida erkaklar baxslarida birinchi o‘rin Qirg‘iz-o‘zbek universitetiga, ikkinchi o‘rin Farg'ona davlat universiteti jamoasiga, uchinchi o‘rin Andijon davlat universiteti jamoasiga nasib etdi. Ayollar o‘rtasida esa baxslarda FarDU jamoasi g‘olib bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinni Qirg‘iz-o‘zbek universiteti, uchinchi o‘rinni NamDU jamoasi qo‘lga kiritdi.

Talabalar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan stol tennisi musobaqlarida yigitlar va qizlar baxslarida birdek AndDU jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, ikkinchi va uchinchi o'rinlar Qirg‘iz-o‘zbek universiteti talabalariga nasib etdi.

Sport musobaqalarini yakuniga ko'ra, Andijon davlat universitetining talabalari va o'qituvchilari jamoasi umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinni qo'lga kiritdi.

Sport musobaqalari olimpiya o‘yinlari shiori ostida o‘tkazilib, barcha ishtirokchilar musobaqlarda ishtirokning o‘zi katta g‘alabaligini, eng asosiysi o‘zaro do‘stlik rishtalarining yanada mahkamroq bog‘lanishi ekanini ta’kidladilar.

 

Birinchi kun so'nggida festival ishtirokchilari uchun qirg'iz xalqida "qo'noq" deb ataluvchi bayram dasturxoni yozilib, kichik konsert dasturi tashkil etildi. Barcha oliy ta'lim muassasalaridan vakillar chiqib, o'zlarining san'at na'munalaridan ijro etdilar. Kuylar qo'shiqlarga ulanib, barcha ko'tarinki kayfiyatda raqsga tushdilar.

Festivalning ikkinchi kuni ishtirokchilarga universitetdagi o‘quv jarayoni, bo‘limlar faoliyati, infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasi bilan tanishtirildi. Ishtirokchilarda ayniqsa O'zbek tili markazi, Manasni o'qitish markazi, 6 tilda sinxron tarjima qilish imkoni bo'lgan konferens zali, elektron kutubxona o'zgacha taassurot uyg'otdi.

Shundan so‘ng, festivalni yakunlovchi katta konsert dasturi tashkil etildi. Unda do‘stlikni, vatanni, muxabbatni madx etgan kuy-u qo‘shiqlarning barchaning olqishlariga sazovor bo‘ldi.

Ayniqsa, xalq baxshisi Idris Aytbayevning ijrosidagi terma qo‘shiqlari, talabalar va o‘qituvchilarning o‘zbek va qirg‘iz xalq qo‘shiqlari va raqslari, talabalar tomonidan yaratilgan liboslar namoyishi ishtirokchilarga o‘zgacha kayfiyat baxsh etdi.

Dastur davomida sport musobaqalari g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi ham o‘tkazildi. Taqdirlash marosimida O'sh shahri meri o'rinbosari, shuningdek, Qirg'iz-o'zbek universiteti rektori Chatkalbay Rayimbayev festival ishtirokchilarini qutladi va barcha ishtirokchilarga diplom va esdalik sovg'alarni taqdim etdi.

Konsert dasturi so‘nggida ikki mamlakat vakillari ikki xalqning do‘stligi, festival haqida o‘z fikrlarini bildirdilar va ushbu festivalni tashkil etishni an’anaga aylantirishga kelishib oldilar.

               

Umuman olganda festival xar tomonlama juda yaxshi tashkil etilgan. Festival tashkilotchilarining mexmondo‘stligi uchun aloxida minnatdorchilik bildiramiz.

 

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.