Andijon Davlat
Universiteti
CHET TILLAR FAKULTETIDA 5 TA MUHIM TASHABBUS IJROSI  
2019-05-07    4413

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusga oid chora-tadbirlarni bajarilishi yuzasidan Andijon davlat universitetida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Ayniqsa, Chet tillar fakultetida talabalarning malakaviy amaliyot davrida ushbu tashabbuslar bo’yicha turli tadbirlar tashkil etayotgani tahsinga sazovor.

Kecha Andijon tumaning 8- va 10-umumta’lim maktablarida Andijon davlat universiteti Chet tillar fakulteti fransuz tili va adabiyoti yo'nalishi 101-102-guruh murabbiylari G.Mamasolieva va L.Saidova hamda ushbu maktablarda o’quv tanishuv amaliyotini o’tayotgan guruh talabalar Prezidentimizning 5 ta muhim tashabbusi doirasida hamda Fransuz tili fani oyligi yakuni bo’yicha katta bayram tadbiri tashkil qilindi.

Talabalar maktab o’quvchilari ishtirokida she’r, qo’shiq, kuy va ko’ngilochar sahna ko’rinishlari tashkil qildilar. Maktablar jamoalariga jami 60 dan ortiq kitoblar taqdim etib, kichik kutubxona tashkil qilib berdilar.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.