Andijon Davlat
Universiteti
5 TA TASHABBUS – TARBIYAVIY QOMUS
2019-05-06    6446

Universitetimizda 2019-yil 19-mart kungi videoselektorda yoshlarga e'tiborni kuchaytirish, yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo'yicha belgilangan 5 ta muhim tashabbus hamda joriy yilning 3-aprel kuni belgilangan tashabbuslarni amalga oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarda ko’rsatilgan ishlarni bajarish bo’yicha tadbirlar davom etmoqda.  

Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish chora-tadbirlar dasturi bo'yicha to‘rtinchi tashabbus ijrosini ta'minlash maqsadida kimyo fanlari bo’yicha falsafa doktori N.To’lakov shaxsiy kutubxonasidan Marhamat tumani XTB ga qarashli 23-umum-ta'lim maktabiga 20 dan ortiq badiiy adabiyotlar to’plamini sovg’a qildi. Bundan tashqari, maktab o’quvchilari bilan suhbatlashib, iqtidorli o’quvchilarga kitoblar sovg’a qildi.

Shuningdek, Tarix fakultetida tashabbus ijrosini ta'minlash hamda so’g’lom turmush tarzini targ’ib qilish maqsadida sportning voleybol turi bo’yicha musobaqa o'tkazildi.  Ushbu sport musobaqasida Tarix ta’lim yo’nalishi 102-guruh talabalari faxrli 1-o'rinni egalladilar. G'oliblar fakultet dekani tomonidan diplom va esdalik sovg’alar bilan taqdirlandilar.

5 ta muhim tashabbusning 1-bandi - yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarish, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish uchun maktabgacha pedagogika kafedrasi o‘qituvchisi D.Umnov Izboskan tuman 40-maktabgacha ta’lim muassasasida davra suhbati o‘tkazdi. Davra suhbati davomida maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachi va tarbiyalanuvchilariga o‘z maslahatlarini berdi. D.Umnov tarbiyalanuvchilar bilan kitob mutolaasi ko’nikmasini shakllantirish bo’yicha suhbatlashdi.

Maktabgacha pedagogika kafedrasi katta o‘qituvchisi I.M.Sattarova esa Andijon pedagogika kollejida bo’lib, u yerda o’qituvchilar jamoasi, talabalar bilan uchrashib, kitobxonlik, zamonaviy axborot kommunikatsion vositalaridan samarali foydalanish bo’yicha tushunchalar berdi. Talabalarga “master klass” darslarini o’tdi.

 

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.