1-may kuni Andijon viloyati hokimi, senator Shuhratbek Abdurahmonov Andijon davlat universiteti talaba-yoshlari bilan uchrashuv o’tkazdi. “Hayot darsi” deb nomlangan suhbatda viloyat hokimi bugungi globallashuv zamonida yoshlar tarbiyasi, ularning ta’lim olishi va kelajagi, jamiyatda munosib o’rin egallashi, yoshlardalarda mamalakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga dahldorlik hissini uyg’otish kabi muhim masalalar haqida so’z bordi.
Dastlab viloyat hokimi talabalarga davlatimiz va hukumatimiz tomonidan yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash maqsadida qabul qilingan ko'plab farmon va qarorlar, qonunosti hujjatlar haqida ma'lumot berdi. Shuningdek, Sh.Abdurahmonov prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus haqida so’z yuritib, belarning barchasi jamiyatda yoshlarning o’z iste’dodlarini yuzaga chiqarish uchun muhim qadam bo’lganini qayd etdi.
Suhbatda bugungi kunda rivojlangan davlatlardagi kabi ijtimoiy investitsiyalarni ko’paytirishga alohida e’tibor berilayotgani, davlat va jamiyat rivoji uchun yetuk kadrlar tayyorlash bolalar bog’chalaridanoq boshlanayotgani bu boradagi yutuqlar kafolati bo’lishi ta’kidlandi. "Bolaning bog'chada olgan tarbiyasi uning kelajakda qanday inson bo'lib ulg'ayishida juda katta rol o'ynaydi, - deydi viloyat hokimi. Shu bois, tarbiyaga, farzandlarimizni milliy qadriyatlar, o'zbekona odob-axloq ruhida tarbiyalashga alohida e'tibor qaratishimiz lozim.Zotan, ertaga ular yaqinlariga mehr-oqibatli, Vatanini sevadigan, uning koriga yaraydigan inson bo'lib kamol topsin".
Bola tarbiyasi oiladan boshlanadi, ota-ona farzandlar uchun na’muna bo’lish birga, avlodlar davomchilari bo’lmish farzandlarimizni haqiqiy vatanparvar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq etib tarbiyalash lozim. Katta hayotga qadam qo’yayotgan yosh oilalarda oila, hayotning muqaddasligi, ro’zg’or haqida tushunchalarga ega bo’lishi kerakligi haqida so’z yuritildi.
Shuningdek, muloqotda viloyat hokimi Sh.Abdurahmonov tomonidan oilalarni mustahkamlash, ajrimlarning oldini olish, nikoh, erta nikoh qurishning salbiy jihatlari oilaning muqaddas ekanligi talaba-yoshlarga hayotiy misollar orqali tushuntirib o'tildi.
Suhbat so'nggida, talabalar mavzu yuzasidan viloyat hokimiga turli savollar bilan murojaat qilib, javoblar oldilar, viloyat hokimiga ochiq ruhda tashkil etgan suxbati uchun chuqur minnatdorchilik izhor etdilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI