Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETDA AQLLAR “JANGI”
2019-04-27    4919

28-aprel –“Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” munosabati bilan, “Xavfsizlik, salomatlik va kelajakdagi mehnat” mehnat muhofazasi haftaligi doirasida 22-29-aprel kunlari viloyat kasaba uyushmalari birlashmasi tomonidan viloyatimizda turli tadbirlar tashkil etilishi rejalashtirilgan. 26-aprel kuni viloyat kasaba uyushmalari birlashmasi, ta’lim fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushma qo’mitasi, Andijon davlat universiteti xodimlar va talabalar birlashgan kasaba uyushma qo’mitasi, Yoshlar ittifoqi universitet boshlang’ich tashkiloti hamkorligida mehnat muhofazasiga oid “Zakovat” intellektual o’yini bo’lib o’tdi.

 Andijon viloyati kasaba uyushmasi tashkilotlari birlashmasining yoshlar bo’yicha o’rinbosari Dadajonov Fayzulloh tadbirni ochib berdi va o’yin shartlarini tushuntirib o’tdi. Boshlovchilik minbaridan Andijon shahar kasaba uyushmalari yoshlar ishlari bo’yicha maslahatchisi Yuldasheva Guljahon o’rin oldi. Intellektual o’yinda Andijon davlat universitetining ''A-Z'' jamoasi, Andijon davlat mashinasozlik instituti jamoasi, Andijon davlat universiteti qizlar jamoasi, Yoshlar ittifoqi jamoasi va Andijon davlat universiteti qoshidagi 1-sonli akademik litsey jamoalari ishtirok etdi. Jamoalar 2 ta tur bo’yicha o’z bilimlarini sinovdan o’tkazdilar.

1-bosqish natijalariga ko’ra 3 ta jamoa ya’ni ADU, AnDMI va yoshlar ittifoqi jamoasi finalga yo’l oldilar. 2-bosqich qizg’in kurashlarga boy bo’ldi. Final natijalariga ko’ra ADUning ''A-Z'' jamoasi g’oliblikni qo’lga kiritdi. AnDMI va yoshlar ittifoqi jamoalarining to’plagan ballari teng bo’lgani sababli oxirgi hal qiluvchi savolni ADU yoshlar ittifoqi BT yetakchisi E.Xolmirzayev berdi. Faxrli 2-o’rinni yoshlar ittifoqi jamoasi qo’lga kiritgan bo’lsa, AnDMI terma jamoasi 3-o’rinni egalladi.

Tadbir yakunida g’oliblarga va 2-3 o’rinni egallagan jamoalar ishtirokchilariga tadbir tashkilotchilari tomonidan esdalik sovg’alari taqdim etildi.

Maftuna Mahkamova, Hilola Yuldasheva, Muhlisa Omonboyeva
ADU talabalari
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.