Andijon Davlat
Universiteti
ILMIY TADQIQOTLAR NATIJALARINI E'LON QILISH BO'YICHA TADQIQOT.UZ INTERNET NASHRI BILAN UCHRASHUV O'TKAZILDI
2019-04-27    5498

Yurtimiz kundan-kunga islohotlarning yangi bosqichlari tomon qadam tashlamoqda. Bu jarayonni muvaffaqiyatli o’tishida oliy ta’lim muassasalarining o’rni beqiyosdir.

OTM lar faoliyatini yaxshilash va dunyo reytingidan munosib o’rin egallshiga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash maqsadida, 25-aprel kuni Andijon davlat universitetida www.tadqiqot.uz sayti rahbari va asoschisi, yuridik fanlari doktori Fayziyev Shoxrud Farmonovich ishtirokida seminar-trening bo’lib o’tdi.

Seminar-treningni universitet yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektori A’zamjon Hamraqulov ochib berdi. Sh.Fayziyev professor-o’qituvchilar, tadqiqotchilar va talabalarga maqolalarni qay tartibda va qanday jurnallarda chop qilish zarurligi, tadqiqot natijalarini e’lon qilishda aynan qanday jihatlarga e’tibor berish zarurligi, maqolalarni rasmiylashtirish tartib qoidalari haqida tushuncha berdi va bu yo’lda esa tadqiqot.uz jamoasi o’z yordamini ayamasligini bildirdi.

Shuningdek, Sh.Fayziyev tadqiqot.uz sayti faoliyatiga batafsil to’xtalib o’tib, ushbu elektron nashriyotning 16 xil yo’nalishlarda OAK ro’yxatidan o’tgan elektron jurnallari internet tarmog’ida muntazam chop etib borilayotgani va bulardan huquqshunoslik sohasidagi jurnal dunyoda ushbu yo’nalishda mavjud ikki mingga yaqin jurnallar ichida kuchli 75 talikka kirishini aytib o’tdi.

So’ngra, dunyoning 150 dan ortiq jurnallari bilan hamkorlikda ish olib borilayotgani haqida ham gapirib o’tdi. Berilgan qiziqarli ma’lumotlardan so’ng professor-o’qituvchilar, tadqiqotchilar va talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Seminarni o’tkazishdan asosiy maqsad Andijon davlat universiteti va tadqiqot.uz sayti o’rtasida hamkorlikda ish olib borishning istiqbollarini belgilab olishga qaratilganligi bilan ham ahamiyatlidir.

A.Hamraqulovning tadqiqot.uz sayti rahbariyatiga bergan taklifiga ko’ra tez kunlarda universitetimiz va yosh internet nashri o’rtasida yangi memorandum imzolanishi va tez-tez bepul “master class” lar o’tkazib turishga kelishib olindi.

 

 

 

 

Qodirov Botirjon
www.adu.uz muxbiri
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.