Andijon Davlat
Universiteti
“MEHR QOLUR, MUHABBAT QOLUR”
2019-04-27    5224

Joriy yilning 25-aprel kuni Andijon davlat universiteti Fizika-matematika fakultetida O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 65 yilligiga bag’ishlangan “Mehr qolur, muhabbat qolur” deb nomlangan xotira kechasi bo’lib o’tdi.

Tadbirda fizika-matematika fakulteti dekani M.Mahkamov, akademik  S.Zaynobidinov, filologiya fakulteti dekani B. Rahmonov hamda  shoirning ijodi ixlosmandlari bo’lmish fakultetning o’qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi. Akademik S.Zaynobidinov, dotsent B.Rahmonov, dotsent M.Mahkamovlar shoirning qisqa lekin ibratli hayot yo’li va ijodiga to’xtalib o’tdilar. Jumladan, Muhammad Yusufning dastlabki she’rlari 1976 yilda “O’zbekiston adabiyoti va san’ati” haftaligida bosilganligi va shundan boshlab respublika matbuotida uning she’r, ocherk va maqolalari muntazam ravishda chop etila boshlaganligi hamda yosh shoir o’zbek she’riyatining yorqin namoyondalari Erkin Vohidov va Abdulla Oripovlar bilan yaqin adabiy aloqalarda bo’lishi uning ijodiy kamolotiga katta ta’sir ko’rsatganligi haqida gapirib o’tdilar.

Muhammad Yusufning hayoti faoliyati, shaxsiy fazilatlari haqida gapirib, uning to’g’riso’z, samimiy, dilkash hamda o’ta zehnli inson bo’lganligini ta’kidlab o’tdilar. Shuningdek, uning ilk she’rlar kitobi - “Tanish teraklar”, “Bulbulga bir gapim bor”, “Iltijo”, “ Uyqudagi qiz”, “Halima enam allalari”, “Ishq kemasi”, “Ko’nglimda bir yor”, “Bevafo ko’p ekan”, “Yolg’onchi yor”, “Erka kiyik” va “Osmonimga olib ketaman”, “Ulug’imsan vatanim”, “ Saylanma”, “ Xalq bo’l elim” she’riy kitoblari nashr etilgani haqida yoshlarga ma’lumot berib o’tdilar. Tadbir davomida ishtirokchi talaba yoshlar shoirning ijodidan namuna keltirdilar.

Fakultetning Matematika hamda Mexanika ta’lim yo’nalishi 1-2 bosqich talablari Muhammad Yusufning o’zlari yod olgan she’rlaridan ifodali o’qib, tadbir ishtirokchilarida yaxshi taassurot qoldirdilar. Fakultet o’qituvchilari va talabalari Muhammad Yusufning she’rlarini sevib mutoala qilishilarini va mana shu tadbirdan yana ko’p taassurotlar olganliklarini bildirdilar.

 

Madinabonu Rasulova, Jahongirxo’ja Rahmonov
Matematika ta’lim yo’nalishi talabalari
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.