Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI TALABASI XALQARO TURNIR SOVRINDORI
2019-04-25    4226

Hozirgi kunda davlatimiz rahbari tomonidan ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo’lga qo’yish bo’yicha ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus bo’yicha Andijon davlat universitetining har bir fakultetida bir qancha ishlar olib borilayotgani barchamizga ma’lum.

Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur shart sharoitlarni yaratish uchun universitetimiz talabalarining sport sohasidagi qiziqishlarini hisobga olib, ularning nafaqat yurtimizda, balki, xorijiy davlatlarda ham sport turnirlarida ishtirok etishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratib berilmoqda.

Mana shunday imkoniyatlardan unumli foydalanayotgan sportchilarimizdan biri Fizika-matematika fakulteti matematika ta’lim yo’nalishi 2-bosqich 3-guruh talabasi, shashka bo’yicha O’zbekiston hamda Osiyo chempioni Muhammad Yusuf Toshtemirovdir. U shashka sport turi bilan yoshligidan shug’ullanib keladi. Respublikamizda hamda xalqaro miqyosdagi musobaqalarda yuqori o’rinlarni egallab yurtimiz sharafini munosib tarzda himoya qilib kelmoqda. 2017-yilda u 64 katakli shashka bo’yicha O'zbekiston chempionligini qo’lga kiritib, Andijon davlat universitetining Matematika ta’lim yo’nalishiga imtiyozli ravishda qabul qilingandi.

Muhammad Yusuf 16-21 aprel kunlari Qozog’iston Respublikasining shashka federatsiyasi tomonidan Bak Imanilayevning xotirasiga bag’ishlab o’tkazilgan  “Xalqaro xotira turniri”da ishtirok etib qaytdi. Ushbu xalqaro turnirda O’ra Osiyoning Qirg’iziston, Tojikiston, Afg’oniston, Turkmaniston Respublikalaridan tashrif buyurgan shashkachilar o’rtasida shiddatli baxslar bo’lib o’tdi. Ushbu xalqaro turnirda O’zbekistonlik shashkachilarimizdan faqat 2 ta vakil qatnashdi. Quvonarlisi, ulardan biri, Andijon davlat universiteti talabasi Muhammad Yusuf Toshtemirov 64 katakli shashka musobaqalarida II o’ringa sazovor bo’ldi.

Biz esa Muhammad Yusufga kelgusidagi musobaqalarida ham yuqori marralarni zabt etib yurtimiz bayrog’ini yuqorilarga ko’tarishda davom etishiga tilakdoshmiz.  

Madinabonu Rasulova, In’omjonova Sadoqat
Matematika yo’nalishi talabalari
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.