Andijon Davlat
Universiteti
O’ZBEKNING SODDADIL SHOIRINI YOD ETIB...
2019-04-25    4851

O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf 1954-yil 26-aprelda Andijon viloyati, Marhamat tumanida tavallaud topgan. Buyuk Andijonlik shoir tavalludi munosabati bilan Andijon davlat universiteti Pedagogika fakulteti “Muhammad Yusuf yodi qalblarimizda” nomli burchak tashkil etildi.

So’zning badiiy imkoniyatlaridan mahorat bilan foydalanish, musiqiy ravonlik, tuyg’ular tiniqligi, samimiylik va mayinlik, ruhiyat manzaralarini ifodalay bilish va eng asosiysi xalqchil sodda til Andijonning sofdil va buyuk shoiri Muhammad Yusuf she’riy uslubining xususiyatlaridir. Buyuk shoir adabiyotimiz va madaniyatimizni, xalqimiz ma’naviyati, ongu tafakkurini yuksaltirish, yosh avlod qalbida o’zlikni anglash, milliy g’urur va iftixor, vatanni sevish tuyg’ularini kamol toptirish borasidagi xizmatlari hozirgi kungacha o’z ahamiyatini yo’qotgan emas.

Pedagogika fakulteti dekani Ch.Shokirova va yoshlar ittifoqi  fakultet yetakchisi X.Shaxobiddinov talabalar bilan Muhammad Yusuf hayoti va ijodi haqida suhbat qurdilar. Pedagogika fakulteti ustozlari talabalar bilan o’z bilimlari bilan bo’lishdilar.

1-kurs va 3-kurs talabalari Muhammad Yusuf qalamiga mansub she’rlarni ifodali o’qib berdilar. Talaba va ustozlar o’rtasidagi qizg’in suhbatdan so’ng Pedagogika fakulteti dekani Ch.Shokirova va yoshlar ittifoqi fakultet yetakchisi X.Shaxobiddinovlar talabalarga shoirning hayoti va ijodiga oid savollar berdilar. Barcha savollarga to’g’ri javob bergan 301- guruh Qutbiddinov Hikmatillo Muhammad Yusuf she’riy to‘plam kitobi bilan taqdirlandi.

 

 

 

 

 

 

 

H.Yuldasheva, X.Shahobiddinov
Pedagogika fakulteti talabalari
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.