Andijon Davlat
Universiteti
PREZIDENTNING 5 TA MUHIM TASHABBUSI IJROSI TA'MINLANMOQDA
2019-04-25    6243

Prezidentimizning 5 ta muhim tashabbusi bo’yicha universitetimizning barcha fakultetlari talabalari va professor o’qituvchilari tomonidan joylarda turli tadbirlar, targ’ibot tashviqot ishlari olib borilmoqda.

Tabiiy fanlar fakulteti biologiya yo’nalishi talabasi, Yoshlar ittifoqi faol a'zosi No'monjonov Muhiddin Andijon shahri Shodlik mahallasiga tashrif buyurib bu yerda yashovchi kam ta'minlangan va nogironligi bor yoshlarga badiiy kitoblar sovg'a qildi.

Tarix fakulteti va O'zbekiston yoshlar ittifoqi Ulug'nor tuman Kengashi hamkorlikda Ulug'nor tumanidagi 1-maktab hamda Ulug'nor olimpiya o'yingohida sportning velemarafon, marafon, shaxmat turlari bo’yicha sport musobaqasi o'tkazildi. G'oliblar O'zbekiston yoshlar ittifoqi Ulug'nor tuman Kengashi, ADU tarix fakulteti tomonidan esdalik sovg'alar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

Shuningdek, fakultet talabalari Ulug‘nor tumanidagi Uchko‘prik mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 25-umumiy o‘rta ta’lim maktabida muhim tashabbuslarning 4-tashabbus vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida “Men kitobni ochaman - kitob ochar dunyoni”,  13-umumiy o‘rta ta’lim maktabida esa “Kitob-orzular kaliti” mavzularida davra suhbatlari, sportning basketbol, shaxmat turlari bo’yicha sport musobaqalari o’tkazildi.       

Katta o’qituvchi M.Nosirova esa Jismoniy madaniyat fakulteti 105-guruh talabalari bilan Andijon shahar 13- umumta’lim maktabi 8-"g" sinf o’quvchilari bilan davra suhbatlari tashkil etildi. Talabalardan Atabekov Abdulaziz sportning karate turi, Hakimova Nigora voleybol, Bobobekov Otabek qo’l jangi sport turlarida erishgan yutuqlari haqida gapirdilar va o’quvchilarni sport bilan shug’ullanishga da’vat etdilar. Katta o’qituvchi M.Nosirova esa o’quvchilarga Prezidentning 5 ta tashabbusi mazmun mohiyati haqida tushunchalar berdi va ularni kitob mutolaasiga, sport bilan shug’ullanishga, internet va zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish bo’yicha tushunchalar berdi. Maktabda shu kuni el ardog'idagi shoir Muhammad Yusuf tavalludining 65 yilligi munosabati bilan talabalar tomonidan o'quvchilarga uning she'rlari o'qib berildi va o'quvchilarga shoirning kitoblari sovg'a qilindi.

Jismoniy madaniyat fakultetida shuningdek, professor-o’qituvchilar o’rtasida mini futbol musobaqalari ham o’tkazildi. Musobaqalarda barcha fakultetlar professor-o’qituvchilari ishtirok etmoqdalar.

 

 

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.