
Davlatimiz rahbari tomonidan ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy sohadagi ishlarni yangi tizim asosida yo'lga qo'yish bo'yicha ilgari surgan 5 ta muhim tashabbusing 2-bandini ijrosini taminlash maqsadida, Andijon davlat universiteti Tabiiy fanlar fakultetida yo'nalishlararo sportning mini futbol turi bo`yicha “Dekan kubogi - 2019” musobaqasi tashkil etilgani haqida avval xabar bergan edik.
Kuni kecha ushbu futbol musobaqasining final bosqichi bo'lib o'tdi. Qizg'in va shiddatli kechgan kechgan bu musobaqada Ekologiya ta’lim yo’nalishi 2-bosqich talabalari 1-o'rinni qo’lga kiritdilar. Biologiya ta’lim yo’nalishi 3-bosqich talabalari 2-o'rinni egallagan bo’lsa, 3-o'rin Kimyo ta’lim yo’nalishi 2-bosqich talabalariga nasib etdi. Bu musobaqaning g’oliblari barcha ishtirokchilari diplom va faxriy yorliqlar, esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI