Andijon Davlat
Universiteti
INSHOLAR TANLOVI G’OLIBLARI TAQDIRLANDI
2019-04-23    4200

Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2019-yil 26-yanvardagi 78-sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida 2019-yil 30-mart kuni Andijon davlat universiteti talaba-yoshlari o’rtasida “Men nechun sevaman O’zbekistonni”, “Vatan himoyasi – har bir fuqaroning sharafli burchi” mavzularida insholar tanlovi o’tkazilgan edi. Tanlovda 50 dan ortiq talaba yoshlar o’z ijodiy ishlari bilan ishtirok etdi. Taqdim etilgan ijodiy ishlar tajribali hakamlar hay’ati tomonidan baholanib munosiblar aniqlandi.

Bugun universitet kichik majlislar zalida tanlov g’oliblarini taqdirlash tadbiri bo’lib o’tdi. Tadbirni universitet rektori A.S.Yuldashev kirish so’zi bilan ochib berdi. A.Yuldashev o’z nutqida o’tkazilayotgan tadbirning maqsad va yo’nalishi haqida talaba-yoshlarga tushuncha berib, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, buyuk ajdodlarimizga hurmat va ehtirom tuyg’usini shakllantirish tanlovning asosiy maqsadi ekanligini ta’kidlab o’tdi.

Shundan so’ng, tanlov g’oliblari universitet rektorining faxriy yorliq va estalik sovg’alari, kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandilar.

“Men nechun sevaman O’zbekistonni” mavzusidagi tanlov natijalariga ko’ra, filologiya fakulteti 3-kurs talabasi Nizomiddinov Afzalidin 1-o’rinni qo’lga kiritib, 1-darajali diplom hamda planshet bilan taqdirlangan bo’lsa, fizika-matematika fakulteti 3-kurs talabasi Jamila Abduraimova, pedagogika fakulteti 1-kurs talabasi Yulduzoy Abdujabborovalar 2-3 o’rinlarni qo’lga kiritgan holda diplom va fleshka (16 GB) bilan taqdirlandilar.

Shuningdek, “Vatan himoyasi – har bir fuqaroning sharafli burchi” mavzusidagi tanlov natijalari ham e’lon qilindi. Unga ko’ra, filologiya fakulteti 1-kurs talabasi Zohidabonu Hamraqulova 1-o’rinni qo’lga kiritib, 1-darajali diplom hamda planshet bilan taqdirlandi. Filologiya fakulteti 2-kurs talabasi Sarvinoz Olimjonova 2-o’rin, maktabgacha ta’lim fakulteti 2-kurs talabasi Farida To’xtasinovalar 3-o’rinni qo’lga kiritgan holda diplom va fleshka (16 GB) bilan taqdirlandilar.

G’olib bo’lmagan ammo ijodiy ishlari yaxshi deb topilgan 30 nafar talaba yoshlar ham turli nominatsiyalar bo’yicha universitet hodimlar va talabalar kasaba uyushmasi qo’mitasi tomonidan badiiy kitoblar jamlanmasi topshirildi.

G’olib bo’lgan talabalar tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo’lga kiritdilar. Biz ham matbuot xizmati hodimlari va barcha talaba yoshlar nomidan ularni samimiy muborakbod etamiz!

 

Furqatbek Nodirbekov
www.adu.uz muxbiri
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.