Andijon Davlat
Universiteti
HAMKORLIKSIZ TARAQQIYOT BO'LMAYDI
2019-04-22    4615

Joriy yilning 20-aprel kuni yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari doirasida O'zbekiston Milliy universiteti geometriya va topologiya kafedrasi professori, fizika-matematika fanlari doktori, serqirra olim Mashrabjon Shaxobutdinovich Mamatov universitetimizning fizika-matematika fakulteti, matematika kafedrasiga tashrif buyurdi.

Olim uzoq yillar ta'lim sohasida hukumat idoralarida atoqli olim Akademik Akmal Qosimov bilan birga samarali faoliyat olib borgan. U aziz ustozimiz, akademik No'mon Yunusovich Satimovning yetakchi shogirdlaridan hisoblanadi. Hozirgi kunda Matematika o'qitish metodikasi sohasida ham samarali faoliyat olib bormoqda. M.Mamatovning rahbarligida o'nga yaqin shogirdlari fan nomzodi va PhD darajasiga erishdilar.

Ustoz bugungi kunda universitetimizda ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash ishida ham jonbozlik ko’rsatmoqda. Xususan, hozirgi kunda kafedramizning yosh o'qituvchilaridan 1-bosqich tayanch doktaranti M.Mamajonova, mustaqil- izlanuvchi tadqiqotchilar: K.Turg'unova, F.Xoshimova, 1-bosqich magistranti S. Parpiyevlarga ilmiy rahbarlik qilmoqda.

M.Mamatov tashrifi davomida mazkur o'qituvchilar bilan tegishli ilmiy mavzulari bo'yicha bajaryotgan ishlarini tekshirib, birga tahlil qilib, ularga tegishli ko'rsatmalar va maslahatlar berdi. Yaqin yillarda bu tadqiqotchilarimizning kutilgan natijalarga erishishlariga yetarlicha asoslarimiz mavjud. Bundan tashqari, kafedramizning yana bir yosh o'qituvchisi S.Umrzaqovga kelasi o'quv yilidan tayanch doktaranturada ilmiy rahbarlik qilishi bo'yicha kelishib, rozilik xati va ilmiy ishning taxminiy mavzusini belgilab olindi.

Shuningdek, ustoz matematika yo'nalishi 3-kurs talabalariga Matematika o'qitish metodikasi fanidan o'qigan ma'ruzalari nafaqat talabalarda balki, kafedraning Q.Abdullayev, A.Ahlimirzayev, B. Bahritdinov kabi yetakchi professor-o’qituvchilarida ham katta qiziqish uyg'otdi.

Kafedrada ilmiy salohiyatli kadrlar tayyorlashni yanada kuchaytirish yo'lida ichki imkoniyatlarimizdan tashqari tashqi hamkorlikdan unumli foydalanishda yanada jadallik ko'rsataveramiz.

T.Ibaydullayev
Matematika kafedrasi mudiri
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.