Andijon Davlat
Universiteti
MUNOSIBLAR TAQDIRLANISHDI
2019-04-22    4530

Bugungi kun yoshlarimizga qarab havasing keladi. Qay soha bo‘lishidan qat’iy nazar, ilg‘or, izlanuvchan yoshlarimiz ko’pligi bizni quvontiradi, zero, yoshlar – kelajak bunyodkorlaridir.

Shunday faol, intiluvchan bo‘lgan yoshlarni o‘ziga birlashtira olgan yoshlar ittifoqi Andijon viloyati Kengashi tomonidan joriy yilning 20-aprel kuni viloyat «Yoshlar markazida» O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi PF-5106-son «Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi Farmoni va 2017 yil 18 iyuldagi PQ-3138-son «O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zosi bo‘lgan, umumiy o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 86 foiz va undan yuqori bo‘lgan viloyatimizda joylashga 4 oliy ta’lim muassasasining talabalari munosib taqdirlandilar.

Taqdirlash marosimida Andijon davlat universitetining sovrindor talabalari ham ishtirok etdilar. – Yillar davomida qilingan mehnatni samarasini bugun ko‘rdim, shunday yoshlar safida ekanligimdan shodman, endi yanada kuch-g‘ayrat yig‘ib, yangi loyihalarni amalga oshiramiz, uni hayotga tatbiq etamiz. Nasib etsa keyingi yilga ham ushbu ilg‘or yoshlar qatoridan joy olishga harakat qilaman deydi, - jismoniy madaniyat fakultetining talabasi Olimjonov Omadbek.

Eslatib o‘tamiz, Yoshlar ittifoqi tomonidan talabaning o‘qishi uchun to‘lanadigan yillik to‘lov-kontrakt miqdorining 35 foizini to‘lab berish orqali amalga oshiriladi. Bunda talabalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash ular tomonidan shartnomada belgilangan to‘lov miqdorining 65 foizini belgilangan muddatlarda to‘lash sharti bilan amalga oshiriladi.

 

Fotosuratlar Yoshlar ittifoqi Andijon viloyati Kengashining telegramm ijtimoiy tarmog'idagi rasmiy kanalidan olindi.

  

                                                          

 

Omonboyeva Muhlisa
www.adu.uz muxbiri, Yoshlar ittifoqi faoli
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.