Bugun Andijon davlat universitetida Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining tegishli ko'rsatmasiga asosan "Mehnat va bandlik sohasidagi asos bo'luvchi prinsiplar va huquqlarga rioya qilish masalalari" mavzusida seminar bo'lib o'tdi. Seminarda Andijon viloyati prokraturasi bo'lim prokurori Mansur Usmonov, Andijon viloyati IIB Tashkiliy boshqarma yuridik ta'minlash bo'limi yetakchi yuristkonsulti Burxonov Olimjon, Andijon viloyati Bandlik va mehnat munosabatlari Bosh boshqarmasi jismoniy va yuridik shaxslar bilan ishlash bo’limi boshlig’i To'lanboy Mannonovlar ishtirok etdilar.
Seminarni tabiiy fanlar fakulteti dekani, dotsent N. To'xtaboyev kirish so’zi bilan ochib berdi. Dastlab Andijon viloyati prokoraturasi bo'limi prokurori Mansur Usmonov mehnat huquqi mehnatga oid munosabatlarni tartibga soladigan huquqiy normalar tizimidan iborat ekanligini, bu munosabatlar mehnat bozoriga amal qilishi, mehnatni tashkil qilish, uni qo'llash jarayonida namoyon bo'lishini va mehnat huquqiga oid asosiy prinsiplar haqida talaba-yoshlarga ma'lumot berdi.
Shundan so'ng Andijon viloyati IIB Tashkiliy boshqarma yuridik ta'minlash bo'limi yetakchi yuristkonsulti Burxonov Olimjon mehnat sohasi tashkiliy boshqaruviga, ishga joylashtirishga oid, kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish bilan bog'liq munosabatlarni, mehnat muhofazasi va mehnat qonunchiligiga rioya etishni nazorat qilishga doir munosabatlar haqida ma'lumot berib o'tdi.
Andijon viloyati Bandlik va mehnat munosabatlari Bosh Boshqarmasi jismoniy va yuridik shaxslar bilan ishlash bo’limi boshlig’i To'lan Mannonov:"…yoshlarni ish bilan ta'minlash uchun, avvalo, ular o'rtasida tadbirkorlikni keng rivojlantirish lozim, bu borada yangi imkoniyatlar yaratish maqsadida biz bir qator chora-tadbirlarni ko'zda tutmoqdamiz. Ayni paytda qo'liga diplom olib, mustaqil ish boshlayotgan yoshlarimiz uchun ham qo'shimcha imkoniyatlar va imtiyozlar yaratib berildi", - deya o'z fikrlarini bildirdi.
E'tiborli jihati shundaki, seminarda talaba-yoshlar ham o'zlarini qiziqtirgan sohaga oid savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob va maslahatlar olishdi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI