
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ilgari surgan 5 ta muhim tashabbusning biri yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish bo’yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo’naltirilgan.
Ushbu tashabbus doirasida Andijon davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti yoshlar ittifoqi yetakchisi G’.Abdullayev Marhamat tumanidagi o’zi tahsil olgan 24-umumta’lim maktabiga tashrif buyurdi. Maktab ma’muriyati, ustozlar va maktab o’quvchilari tashrif buyuruvchilarni iliq kutib olishdi.
Tashrif mobaynida Jismoniy madaniyat fakultet yoshlar ittifoqi yetakchisi G’.Abdullayev o’zi tahsil olgan maktab kutubxonasiga o’zining shaxsiy kutubxonasidan bir qancha badiiy kitoblarni taqdim etdi. Shuningdek, maktabning eng a’lochi o’quvchisi Mo’minjonov Izzatulloga o’zining qimmatbaho sovg’asini taqdim etdi. Shuningdek, tashrif mobaynida 11-sinf o’quvchilari bilan suhbat uyushtirildi va ularga badiiy asarlar bo’yicha savollar berilib, bilimdonlarga kitoblar hadya etildi.
Marhamatda tavallud topgan Muhammad Yusufni tavallud ayyomi yaqinlashyatgani tufayli o’quvchilar Muhammad Yusuf qalamiga mansub she’rlarini ifodali o’qib berishdi.
Har qanday ma’naviyatli, ma’rifatli insonning sevimli mashg’uloti kitob o’qish, zero kitob - ma’rifat o’chog’idir.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI