Andijon Davlat
Universiteti
MAKTAB O'QUVCHILARIGA ZIYO ULASHIB
2019-04-20    3906

Hammamizga ma'lumki shu kunlarda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning ijtimoiy va ma'naviy-madaniy sohalarda rivojlanish to'g'risida 5 ta muhim tashabbusi joylarda keng targ’ib va tatbiq etilmoqda.

Yoshlar o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish maqsadida kuni kecha Andijon davlat universiteti Chet tillari fakultetining bir qator iqtidorli va faol talabalari fakultet dekani o'rinbosari Jasurbek Qoraboyev boshchiligida Izboskan tumani 43-umumiy o'rta ta'lim maktabiga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida maktab o'quvchilarining chet-tillarini o'rganishga bo'lgan qiziqishlari va bilimlarini ko'rib, ushbu o'quvchilardan kelajakda yetuk kadrlar chiqishiga ishonch komil qildik.

Maktabning majlislar zalida esa Jasurbek Qoraboyev 5 ta muhim tashabbus to'g'risida, ushbu tashabbuslardan ko'zlangan maqsad va bu maqsadga eltuvchi yo'llar to'g'risida ma'ruza qildi.

So'ngra fakultet talabalar har bir tashabbus bo'yicha qisqacha ma'lumotlar berib o'tdilar.

Tashabbuslarga asoslangan holda ADU Chet tillari fakulteti nomidan maktab kutubxonasi uchun bir qancha badiiy adabiyotlar to’plami hadya etildi.

Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov aytganlaridek "Kelajak - yoshlarimizning qo'lida". Shavkat Mirziyoyevning ushbu 5 ta muhim tashabbusi yoshlarni har sohada bilimli, mamlakat taraqqiyoti uchun o'z hissasini qo'shadigan vatanparvar ruhda tarbiyalash uchun yana bir dasturulamal bo'ladi.

 

Rasulbek Sodiqov
www.adu.uz muxbiri
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.