Andijon Davlat
Universiteti
MATEMATIKA YO’NALISHI TALABALARI “QIZLAR USTAXONASI” TASHKIL QILDILAR
2019-04-19    4445

Hozirgi kunda davlatimiz rahbari tomonidan ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo’lga qo’yish bo’yicha ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus bo’yicha Andijon davlat universitetining har bir fakultetida bir qancha ishlar olib borilayotgani barchamizga ma’lum.

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan mana shu 5 ta muhim tashabbusning har bir bandi bir biriga bog’liq bo’lmagan holda jamiyatimiz hayoti uchun foydasi katta bo’lgan g’oyalarni o’z ichiga olgan. Hozirgi kunda Fizika-matematika fakulteti o’qituvchilari va talabalari tomonidan mana shu ustuvor vazifalarni joylarda ijrosini ta’minlash maqsadida yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish ko’nikmalarini shakllantirish, yoshlar o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalarining barchasiga asoslangan holda maktab, kollej va litsey talabalari bilan uchrashuvlar o’tkazilib kelinmoqda.

Ushbu tashabbusning amalda keng targ’ib etish maqsadida Matematika ta’lim yo’nalishi 2-bosqich 3- guruh murabbiysi Mamajonova Ma’muraxon va guruh talabalari milliy qo’g’irchoqlar, turli xildagi gullar va xona bezagi uchun bezaklar tayyorlaydigan “Qizlar ustaxonasi” to’garagi tashkil etildi. Ushbu to’garak haftaning har payshanba kuni darsdan keyin holatda o’tkazilmoqda. Ushbu to’garakning e’tiborli jihati shundan iboratki, “Qizlar ustaxonasi”da tayyorlangan qo’l mehnati na’munalari  Maktabgacha ta’lim muassasalari hamda mehribonlik uylariga taqdim etiladi. Bu esa albatta MTM va mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarining beg’ubor qalblariga hursandchilik ulashmay qolmaydi. Mana shunday savobli ishni boshlagan “Qizlar ustaxonasi” to’garagi rahbari Ma’muraxon Mamajonovaga va 2M3 guruhning talaba qizlariga kelgusida rejalashtirgan ishlariga  omad tilab qolamiz.

 

Rasulova Madinabonu, Inomjonova Sadoqat
 Matematika yo’nalishi talabalari
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.