18 aprel – “Xalqaro yodgorliklarni va tarixiy joylarni asrash kuni”ga bag‘ishlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-dekabrdagi PQ-4068-sonli «Moddiy madaniy meros obektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorining viloyatda ijrosini ta’minlashga ko‘maklashish, Andijon viloyatida joylashgan yodgorliklarni va tarixiy joylarni, ziyorotgohlarni, qadamjolarni, tepaliklarni, shifobaxsh buloqlarni o‘rganish, xalqimiz e’tiborini ularni asrab avaylashga, obodonlashtirishga qaratish hamda yoshlarimizni o‘z yurtiga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash, hududimizdagi yodgorliklar va tarixiy joylarni targ‘ib etish orqali viloyatimizda turizmni rivojlantirish maqsadida 2019-yil 18-aprel kuni Marhamat shahri Ma’naviyat bog‘ida “Yodgorliklar va tarixiy joylar – buyuk ajdodlarimiz merosi” mavzusida ko‘rik-tanlov o‘tkazildi. Tanlovda ona yurtiga befarq bo‘lmagan va uning tarixiy joylarini qadrlaydigan hamyurtlarimiz ishtirok etdilar.
Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkazildi:
- Siz yashayotgan hududdagi yodorliklar va tarixiy joylar, ziyoratgohlar, shifobaxsh buloqlar haqida maqola, badiiy asar (hikoya, she’r, qo‘shiq, tasviriy san’at asari, foto sur’atlari va rivoyatlar).
- Dovon davlati, Ershi shahri va Mingtepa yodgorligi haqida maqola, badiiy asar (hikoya, she’r, qo‘shiq, tasviriy san’at asari va rivoyatlar).
- Havaskor kolleksionerlarning, uy muzeylarining, hunarmandchilik mahsulotlarning ko‘rgazmalari (numizmatika, tarixiy osori atiqalar, kulolchilik va uy-ro‘zg‘or buyumlari, taqinchoqlar, ish qurollari, yozma yodgorliklar (kitoblar, maqolalar, gazeta va jurnallar, fotosuratlar).
- Viloyatimizdagi yodgorliklar va tarixiy joylar bo‘yicha sayyohlik yo‘nalishlari (sayyohlik turining nomi, davomiyligi, jadvali, smetasi, foto sharhi va videoroligi).
Tanlovda barcha toifadagi fuqarolar: maktab o‘quvchilaridan tortib to olimlargacha ishtirok etishdi.
Tanlovda Andijon davlat universiteti Tarix fakultetining 3-bosqich talabasi Behzodbek Karimov, 1-bosqich talabasi Doniyorbek Sobirovlar ishtirok etib, tanlovning 1-yo‘nalishi bo‘yicha Doniyorbek Sobirov faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari, Behzodbek Karimov 1-darajali diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Tanlov juda ham qizg‘in davom etdi va tadbir so‘ngida, ''Mingtepa – madaniy meros'' jamoat fondi rahbari Artig‘ali Xusanovning tadbir ishtirokchilari uchun yozgan dasturxonida mehmon bo‘ldilar.
.
.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI