Yoshlarni ma’naviyatini yuksaltirish, ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ilgari surgan 5 tashabbusning birinchisiga ko’ra “Yoshlarni musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr, va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodni yuzaga chiqarishga xizmat qiladi”. Tashabbusning ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon davlat universiteti va 11-umumiy o’rta ta’lim maktab hamkorlikda universitet talabalari ijodiy ishlari na’munalari ko’rgazmasi tashkil etildi. Ushbu ko’rgazmada iqtidorli talabalar ishlari namoyish etildi. Ko’rgazmada maktabning barcha sinflarning o’quvchilari qatnashdilar. Ko’rgazma davomida universitet talabasi, tadbir tashkilotchilaridan biri Qutbiddinov Hikmatillo o’quvchilarga ma’lumot berdi.
Maktabning tasviriy san’at va chizmachilik o’qituvchisi Nabiyev Qudratillo o’z fani bo’yicha o’quvchilarga bilimlar berib borishi, ularni oliy ta’limga qiziqtirish va ularni kelajakda o’z iste’dodlarini yuzaga chiqarishda ko’maklashishi, ushbu ko’rgazma bu borada muhim ahamiyat kasb etishini bildirib o’tdi.
Tadbir so’nggida ko’rgazma tashkolotchisi Pedagogika fakulteti tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo’nalishi 3-bosqich 301-guruh talabasi Qutbiddinov Hikmatillo tadbir ishtirokchilariga tasviriy san’atda iqtidorning o’zi kam ekanini, bu yo’lda astoydil mehnat qilishlari lozimligini tushuntirdi.
Bunday tadbirlarning ko’plab tashkil etilishi, talabalar va o’quvchilar o’rtasida muloqotlarning olib borilishi kelajakda aniq maqsad yo’lida dadil qadam tashlay olishi uchun yoshlarga tayanch bo’lib xizmat qiladi. Nafaqat, tasviriy san’at, balki barcha sohalarda turli tadbirlarning uyushtirilishi o’quvchilarni tasavvurlarini, fikrlashlarini va maqsad sari intilishlarini yanada oshiradi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI