Andijon Davlat
Universiteti
CHET TILLARI FAKULTETIDA 5 TA MUHIM TASHABBUS IJROSI TA’MINLANMOQDA
2019-04-17    4999

Insonning ma’naviy qiyofasini shakllantirishda, unga ezgulik g’oyalarini singdirishda kitob asosiy rol o’ynaydi.

Bugungi kunda Prezidentimizning 5 ta muhim tashabbusida ham bunga alohida e’tibor berilgan. Avvalgi xabarlarimizda aytib o’tganimizdek universitetimizda har kuni ushbu tashabbus doirasida bir qancha loyihalar, tadbirlar, seminarlar va davra suhbatlari tashkil etilmoqda.

Bu borada Chet tillar fakultetida ham barcha ishlar na’munali tashkil etilmoqda. Fakultet talabalari va o’qituvchilari tomonidan viloyatimizning turli hududlarida maktablarga tashrif buyurib, kitobxonlik targ’iboti, internet tarmog’idan samarali foydalanish, yoshlarni musiqa, san’at turlariga jalb etish, xorijiy tillarni o’rganishni targ’ib etib kelmoqdalar.

Bugun, 17-aprel kunida ham fakultetning bir guruh talabalari va professor-o’qituvchilari turli tumanlardagi maktablarga tashrif buyurib savobli ishlarni amalga oshirdilar.

Xususan, chet tillari fakultetining ingliz tili va adabiyoti kafedrasi o’qituvchilari Gavxaroy Isroiljon qizi, Barnoxon Toshboeva va fakultet yoshlar bo’yicha dekan o’rinbosari Xosilbek Matqulov boshchiligida fakultetning tashabbuskor yoshlaridan iborat guruh Andijon viloyatining Oltinko’l tumanida joylashgan 20-umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, maktabga turli nomdagi 300 dan ortiq kitoblar sovg’a qildilar.

Ingliz tili fonetikasi kafedrasi tasarrufidagi 301-guruh murabbiysi va talabalari esa Andijon shahrida joylashgan 13-maxsus maktabda kitobxonlikni yanada rivojlantirish, yosh avlodni kitobga qiziqtirishga yo’naltirilgan tadbir o’tkazdilar hamda maxsus maktab o’quvchilariga kitoblar sovg’a qildilar.

Shuningdek, fransuz tili va adabiyoti kafedrasi o’qituvchilari va shu yo’nalish talabalari Andijon shahridagi 10-maktabning 5-6-sinflarida Fransuz tili darsini zamonaviy texnologiyalar bilan o’tishni va kompyuter va axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish bo’yicha o’quvchilarga trening darslarini tashkil qildilar.

Bundan tashqari, shu yo’nalish talabasi Xaydarov Doston 7-sinf o’quvchilariga “Exercice d'écoute. Le pronom relative” mavzusida seminar-trening o’tib berdi.

Shu kuni fransuz tili va adabiyoti yo'nalishi 301-guruhida kitobxonlikni targ’ib qilish bo'yicha fransuz yozuvchisi Hektor Maloning "Oilasiz" (Sans famille) asarining 1-chi bobi mutolaa qilindi.

Umuman olganda, bu o’tkazilgan barcha tadbirlar zamirida kelajagimiz bo’lgan yoshlarni ma’naviyatini yuksaltirish, ularni vijdonli, adolatli, burchga sadoqatli etib tarbiylash singari oliyjanob maqsadlar yotibdi.

Matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.