Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETIMIZDA 5 TASHABBUS BO’YICHA BELGILANGAN VAZIFALAR AMALGA OSHIRILMOQDA
2019-04-16    5823

Andijon davlat universitetida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbusdan kelib chiqib belgilangan vazifalar ijrosi bo’yicha tizimli ishlar yo’lga qo’yilgan. Barcha fakultetlar professor o’qituvchilari va talabalari tomonidan universitetimizda hamda viloyatimizdagi turli tashkilotlar, maktablar, mahallalarda 5 ta tashabbus bo’yicha targ’ibot tashviqot ishlarinin olib bormoqdalar.

Xususan, bugun 16-aprel kuni maktabgacha pedagogika kafedrasi o‘qituvchisi Sh.A.Turdieva yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida o‘zi tahsil olgan Andijon shahridagi 36-umumta’lim maktab kutubxonasiga maktab o‘quvchilari foydalanishi uchun 10 ta badiiy kitoblar to‘plamini sovg‘a qildi.

Tarix fakultetida ham yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ularni bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo'yicha qator tadbirlar tashkil etildi. Prezidentimiz aytib o’tgan 2-tashabbus doirasida Tarix fakulteti sport salomatlik yo'nalishi yetakchisi tashabbusi bilan sportning mini futbol turi bo'yicha "Dekan kubogi" sport musobaqasi o'tkazildi. Ushbu musobaqada fakultetning 1-3 bosqich talabalari ishtirok etdilar. Musobaqa yakunlariga ko'ra faxrli 1-o'rinni Tarix ta’lim yo’nalishi 303-guruh talabalari egalladilar. G'oliblar fakultet dekanining ko’chma kubogi taqdim etildi. Ikkkinchi va uchinchi o’rin sohiblari, faol ishtirokchilar faxriy yorliq va diplomlar bilan taqdirlandilar.

Shuningdek, fakultetning 101-guruh talabalari tomonidan Andijon shahar industrial kollejida O'zbekiston respublikasi Prezidentining yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo'yicha belgilangan 5 ta muhim tashabbus ijrosini ta'minlash maqsadida davra suhbati o’tkazildi. Suhbat savol-javoblarga boy tarzda o'tkazildi. Maktab o’quvchilari suhbatdan boy ma’naviy ozuqa oldilar.

Universitetimizning Fizika-matematika fakulteti axborot texnologiyalari kafedrasi katta o‘qituvchisi Murodjon Abduvoxidov Xo‘jaobod tumani 23-IDUM da o‘quvchilarga axborot texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish bo‘yicha o’zining ko‘rsatmalari berib o’tdi.

Shu kuni Andijon davlat universiteti filologiya fakulteti dekani, dotsent B.Rahmonov, fakultet yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari K.Shahobov, o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari O.Tojiev, dotsentlar Z.Mamajonov, G.Qobuljonovalar hamda 3-bosqich talabalari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda B.Rahmonov talaba-yoshlarga kitobning hayotimizda tutgan o‘rni, undan keladigan naf, adabiyotning inson kamolotidagi beqiyos hissasi, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, kitob mutolaasining insonga beradigan ma’naviy ozuqasi, zavqi haqida juda qiziqarli, mazmunli, ta’sirli ma’ruza qildi. Jumladan, u talabalarga o‘zi yoqtirib mutolaa qiladigan kitoblari to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tdi. Shuningdek, inson hayoti davomida kitobga oshno bo‘lishi, o‘zining shaxsiy kutubxonasini tashkil etishi va bu kutubxonadan boshqa kishilar ham beminnat foydalanishi dunyodagi eng xayrli ishlardan ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

 

Jismoniy madaniyat fakultetida ham 5 tashabbus bo’yicha keng ko’lamli ishlar bajarilmoqda. Xususan, 5 ta muhim tashabbusning 2-bandiga asosan yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo’naltirilgan bo’lib Andijon davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti guruhlari o’rtasida 11-16 aprel kunlari o’g’il bolalar o’rtasida mini futbol bo’yicha fakultet birinchiligi tashkil etildi.

Musobaqa jarayonida jismoniy madaniyat fakultetining 1-2-3-bosqich talabalaridan iborat jami  9 ta guruh o‘zaro bellashdilar. Musobaqa baxs va munozaralarga boy, qizg‘in hamda yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi. Xar bir jamoa g‘oliblik uchun bor kuch imkoniyatlarini namoyon etdilar.

Musobaqalar natijasiga 1-o‘rinni 102-guruh jamoasi qo’lga kiritgan bo’lsa, 2-o‘rin 205-guruh jamoasiga, 3-o‘rin 101-guruh jamoasiga nasib etdi. Musobaqada g‘olib jamoalarni fakultet dekani B.Nosirov, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Q.Mamadaliev, FJMS kafedrasi mudiri R.Isaqovlar tabriklagan holda musobaqani tashkil etish va o‘tkazishda tashabbus ko‘rsatgani uchun FJMS kafedrasi o‘qituvchilari A.Xoliqov. A.Qo‘shmonovlarga o‘z minnatdorchiligini bildirdilar. G‘olib jamoalar dekanat tomonidan tashkil etilgan faxriy yorliq hamda qimmatbaxo esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Ushbu musobaqani tashkil etishda o‘zining mexnatini ayamagan 102-gurux murabbiyi Xoliqov Abduxoliqga fakultet jamoasi o‘z minnatdorchiligini bildiradi.

Pedagogika fakulteti Musiqa ta’limi kafedrasi o’qituvchilari ham targ’ibot ishlarida faol ishtirok etishmoqda. Jumladan, kafedra katta o’qituvchisi M.Nasriddinov Andijon viloyati  Izboskan tumani 6-sonli bolalar musiqa maktabida bo’lib, bolalarni bo‘sh vaqtlarini  mazmunli o‘tkazilishini yo’lga qo’yish, to’garaklar faoliyatini to’g’ri tashkil etish bo’yicha o’z tajribasi bilan o’rtoqlashdi.

M.Nasriddinov maktab o’quvchilarining dars jarayonlarini kuzatib, iste’dodli yoshlarni saralash ularga alohida topshiriqlar berish orqali, iqtidorlarini rivojlantirish ishida doimo ko’mak berib borishini bildirdi.

 

Matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.