2019-yil 15-aprel kuni Tarix fakulteti talabalari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev boshchiligida videoselektor yig’ilishida yoshlarimizga bo’lgan e’tiborni yanada kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish ko’nikmalarini shakllantirish, yurtimiz yoshlari o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish bo’yicha tashabbuslarini ijrosini ta’minlash maqsadida davra suhbatlari tashkil etdilar.
Fakultet talabalari tomonidan Andijon shahridagi 35-sonli davlat ixtisoslashtirilgan maktab internatida “Kitob-ilm manbai” mavzusida davra suhbati o’tkazildi. Ushbu tadbirda Andijon davlat universiteti tarix fakulteti 102-guruh talabalari O.Qaxxorjonov, J.No’monov, O’.Sotvoldievlar hamda 65 nafardan ortiq o’quvchi yoshlar ishtirok etdilar.
Shu kuni Asaka tumanidagi 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabida Tarix yo’nalishi 102-guruh talabalari E.Abdullaev, S.Abdulxaevlar “Kitob – misoli oftob” mavzusida tadbir o’tkazdilar. Ushbu tadbirda 53 nafar o’quvchi yoshlar ishtirok etdilar.
Shuningdek, tarix fakulteti talabasi 102-guruh talabasi S.Qurbonaliev Jalaquduq tumanidagi 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o’quvchilar o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish maqsadida “Kitobdan yaxshiroq do’st yo’q” mavzusida davra suhbati tashkil etilib, Unda 30 nafar o’quvchi yoshlar qamrab olindi.
O’tkazilgan davra suhbatlarida o’quvchi yoshlarga Tarix fakulteti talabalari kitob inson ma’naviy dunyosini boyitishi, yosh avlodni komil insonlar bo’lib yetishishlari uchun xizmat qilishi haqida tushunchalar berildi hamda yosh avlod vakillari o’zlari o’qigan asarlari haqida tengdoshlariga gapirib berdilar. Suhbatlar savol-javoblarga boy tarzda o’tdi. Faol ishtirok etgan yoshlarga tarix fakulteti talabalari tomonidan kitoblar taqdim etildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI