Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETIMIZ PROFESSOR-O’QITUVCHILARI “#KITOBCHALLANGE” DA FAOL ISHTIROK ETMOQDALAR
2019-04-15    3836

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo'lga qo'yish bo'yicha ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusnining 4-bandi yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o'rtasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish bo'yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo'naltirilgan.

Andijon davlat universitetining bir guruh o’qituvchilari o’zlari tahsil olgan maktablarga tashrif buyurib badiiy, ilmiy kitoblar jamlanmalarini sovg’a qildilar.

Jumladan, Fransuz tili va adabiyoti kafedrasi o’qituvchisi L.Saidova Buloqboshi tumanidagi o’zi o’qigan 17-umumtalim maktabida “Kitob – eng qadrli do‘st” mavzusida tadbir o‘tkazdi. Shuningdek, u maktab kutubxonasiga 18 xil badiiy adabiyotlar to’plamini sovg‘a qildi.

Shuningdek, Fizika-matematika fakulteti yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari I.Ovxunov tomonidan o’zi o’qigan Paxtaobod tumanidagi 19-umumta'lim maktabiga 10 dan ortiq kitoblar taqdim qilindi.

Falsafa kafedrasi katta Z.Suyarov esa Paxtaobod tumanidagi o’zi tehsil olgan 29-umumta’lim maktabiga 50 ga yaqin kitoblarni sovg’a qildi.

#Kitobchallange davom etmoqda.

 

Matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.