2019-yil 11-aprel kuni Chet tillari fakultetining axborot-resurs markazida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ilgari surgan birinchi tashabbusini ijrosini amalga oshirish, yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, iste’dodini yuzaga chiqarish maqsadida "Millatlararo totuvlikni yanada rivojlantirish"ga bagishlangan tadbir tashkil etildi.
Tadbirda chet tillari fakultetining ingliz tili va adabiyoti yo’nalishi 209-guruh va 210-guruh talabalari tomonidan turli sahna ko’rinishlari, turli millatlar she’rlari va qo’shiqlari ijro etildi. Tadbirda ingliz tili fonetikasi kafedrasi katta o’qituvchisi J.Egamberdiyev va yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari hamda fakultetning 65 nafardan oshiq talabalar ishtirok etdilar.
Tadbirdan ko’zlangan maqsad yoshlarni musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi. Tadbir so’nggida dekan o’rinbosari ikkala guruhga uz minnatdorchiligini bildirdi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI