Andijon Davlat
Universiteti
MUSIQA TA’LIMI KAFEDRASI O’QITUVCHILARI BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABIGA TASHRIF BUYURDILAR
2019-04-12    4746

Andijon davlat universiteti Musiqa ta’limi kafedrasi professor-o’qituvchilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 tashabbus ijrosi bo’yicha Oltinko’l tumanidagi 17-bolalar musiqa va san’at maktabiga tashrif buyurdilar.

Maktabda prezidentimiz ilgari surgan tashabbuslar bo’yicha amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar bo’yicha yig’ilish o’tkazildi. BMSM ilarda o’quvchilar uchun to’garaklar tashkil etilishi, musiqa maktabining o’qituvchilari umumta’lim maktablariga borib, o’quvchilarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun san’at to’garaklari tashkil etishlari bo’yicha ishlar tizimli ravishda yo’lga qo’yilishi lozim ekani ta’kidlandi.

Shundan so’ng Musiqa ta’limi kafedrasi o’qituvchisi A.Isroilov va D.Usipovalar maktab o’quvchilarining dars mashg’ulotlarini kuzatib, maktab o'quvchilariga o’zlarining tegishli maslahatlarini berdilar.

 

 

D.Raimova
Musiqa ta’limi kafedrasi o’qituvchisi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.