Hozirgi kunda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, dunyoqarashini tobora ijobiy tomonga kengaytirish bo’yicha mamlakatimizda keng miqyosda ishlar olib borilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev raisligida yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko’nikmalarini shakllantirish, yoshlar o’rtasida kitobxonlikni targ’ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalariga bag’ishlangan 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish hozirgi kunda amalga oshirilishi lozim bo’lgan muhim vazifalardan biridir. Hozirgi kunda mamlakat aholisining 30 foizini 14 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan yigit-qizlar tashkil etadi.
Ularning ta’lim olishlari uchun yurtimizda keng shart-sharoitlar yaratib berilgan va shu bilan birgalikda ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hozirda dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Mana shunday ustuvor vazifalardan kelib chiqqan holda Andijon davlat universitetining Fizika-matematika fakultetida ham keng samarali ishlar olib borilayotgani barchamizga ma’lum. Hozirda bu boradagi ishlarni samarali tashkil etishda fakultet o’qituvchilari bilan bir qatorda fakultetning iqtidorli talabalari ham qattiq bel bog’lashgan. Xususan, fakultetning iqtidorli talabalaridan tuzilgan targ’ibot guruhi tomonidan Izboskan tumanidagi 26-maktabda ko’rgazmali seminar tashkil etdi.
Ushbu ko’rgazmali seminarda talabalar maktab o’quvchilarini o’zlari tomonidan yaratilgan ijod namunalari bilan birma-bir tanishtirib o’tdilar hamda ularni yaratish jarayonida qanday qonuniyatlarga, tajribalarga asoslanganliklari va nimalardan foydalanganliklari bo’yicha maktab o’quvchilariga keng tushunchalar berib o’tishdi. Bu sohaga qiziquvchi maktab o’quvchilari vaziyatdan unumli foydalangan holda o’zlari uchun qiziqarli bo’lgan savollarining barchasiga talabalar tomonidan yetarli tarzda javob oldilar.
Talabalar va o’quvchilar o’rtasida bo’lib o’tgan ko’rgazmali seminar maktabdagi barcha hodimlarni ham o’ziga jalb etmay qolmadi. Mana shunday uchrashuvlarni bo’lib o’tishi hozirgi kunda o’sib, ulg’ayib, kamol topayotgan kelajak avlodning har bir vakiliga tom ma’noda ijobiy tarzda ta’sir etmay qolmaydi. Bugungi uchrashuvni tashkil etishgani uchun maktab ma’muriyati fakultet dekani M.Mahkamovga va fakultet talabalariga o’z minnatdorchiligini bildirdilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI