Davlatimiz rahbari tomonidan ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo’lga qo’yish bo’yicha ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus bo’yicha Andijon davlat universitetining har bir fakultetida bir qancha ishlar olib borilayotgani barchamizga ma’lum. Yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan mazkur 5 ta muhim tashabbus bandlari bir-biriga bog’liq bo’gan holda jamiyatimiz hayoti uchun foydasi katta bo’lgan g’oyalarni o’z ichiga oladi. Hozirgi kunda fakultet o’qituvchilari va talabalari ushbu ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan unumli foydalanish ko’nikmalarini shakllantirish, yoshlar o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalarining barchasiga asoslangan holda maktab, kollej va litsey talabalari bilan uchrashuvlar o’tkazilib kelinmoqda.
Ushbu 5 ta muhim tashabbusning 4-bandi yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish bo’yicha yo’naltirilganligini inobatga olib, 12-aprel kuni Andijon davlat universiteti Fizika-Matematika fakulteti Yoshlar bilan ishlash dekan o’rinbosari I.Oxunov tomonidan yoshlarning kitobxonlik madaniyatini shakllantirish maqsadida Andijon viloyati Paxtaobod tumanidagi 32-DIMI ma’muriyatiga 15 dan ortiq kitoblar taqdim qilindi. I.Oxunov maktab o'quvchilari bilan suhbat o'tkazib, faqat kitobgina kelajakda insonni kamolga yetishida sodiq do'st bo'lishini yorqin misollar bilan tushuntirib berdi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI