Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITET TALABALARI KENG JAMOATCHILIK UCHUN TASVIRIY SAN’AT VA MUSIQA KECHASINI TASHKIL ETDILAR
2019-04-12    4024

Yoshlarni ma’naviyatini yuksaltirish, ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ilgari surgan 5 tashabbusning birinchisiga ko’ra yoshlarni musiqa va rassomlikka qiziqishlarini oshirish, ularni iste’dodni yuzaga chiqarish maqsadida Andijon shahar “Registon” maydonida san’at kechasi tashkil etildi. San’at kechasi universitetimizning Pedagogika fakulteti yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari Q.Nurdinov, TSMG kafedra mudiri M.Yurdanidze, musiqiy ta’lim kafedra mudiri Sh.Axmedov, TSMG kafedrasi o’qituvchisi I.Boltaboyev, fakultet yoshlar ittifoqi yetakchisi X.Shahobiddinovlar  tashabbusiga ko’ra tashkil etildi.

Tabiat go’zalligidan ilhomlanib o’z iste’dodlarini namoyon etgan TSMG yo’nalishi talabalari Registon maydoni ko’rinishini, quyosh botishini tasvirladilar, yana kimdir san’at kechasiga tashrif buyurgan tomoshabinlarning portretini chizish bilan ovvora bo’ldi. Dastur mehmoni taniqli rassom Obitjon Bakirov yosh tomoshabinlarga tasviriy san’atning naqadar ajoyib va nozik san’at turlaridan biri ekanligini tushuntirdi.

Tadbir so’nggida, musiqiy ta’lim yo’nalishi talabalarining “Skver” guruhi o’z ijodlaridan na’munalar taqdim etdilar va yig’ilgan tomoshabinlarga hush kayfiyat ulashdilar.

Ushbu tadbir hududda istiqomat qilayotgan yosh tomoshabinlar, o’quvchilar qalbida musiqa va san’atga qiziqish uyg’otishi, ular orasidan bo’lg’usi san’at namoyondalari chiqishiga turtki berishi tayin.

 

   

Muhlisa Omonboyeva, Hilola Yuldasheva, Hayotbek Shahobiddinov
ADU talabalari
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.