Andijon Davlat
Universiteti
KITOB MO‘JIZAGA CHORLAYDI
2019-04-11    4594

2019-yil 10-aprel kuni ekologiya va botanika kafedrasi pedagog-xodimlari va ekologiya va atrof muhit muhofazasi ta’lim yo‘nalishi talabalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ilgari surgan 5 ta muhim  tashabbusining ijrosini ta’minlash maqsadida  Jalaquduq tumani 23-umumta’lim maktabida "Kitob mo‘’jizaga chorlaydi" mavzusida tadbir tashkil etdilar.

Andijon davlat universitetining professor o‘qituvchilari tarix fanlari doktori, professor Shamsuddinov Rustam Temirovich, biologiya fanlari doktori, professor  Madumarov Tolibjon Abdumalikovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent  Noralieva Nasiba Mamanovnalar tomonidan chop etilgan 110 dona ilmiy, ilmiy-ommabop va tarixiy kitoblar maktab kutubxonasiga topshirildi. Undan tashqari  biologiya fanidan a’lo baholarga o‘qiyotgan 9-A sinf o‘quvchisi Egamberdiyeva Mushtariy, 11-A sinf o‘quvchisi Xabibulayeva Maftunalarga Ekologiya va botanika kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan chop etilgan ilmiy adabiyotlar jamlanmasi sovg‘a qilindi.

  

Maktabning iqtidorli o‘quvchilari tomonidan kitoblar, ularning qadimda nashr etilishi, eng ulkan va eng mitti kitoblar kabi qiziqarli ma’lumotlar havola etildi, o‘zbek shoirlarining kitoblari, kitobning mo‘jizali jihatlari to‘g‘risida she’rlar o‘qildi, san’atsevar o‘quvchi-yoshlarning jozibali raqslari, jonli ijrodagi qo‘shiq va kuylari tadbir qatnashchilarida katta tassurot qoldirdi.

 

Tadbir Andijon viloyati teleradiokompaniyasi muxbirlari tomonidan tasvirga olindi va efirga uzatildi.

N.M.Noralieva
Ekologiya va botanika kafedrasi mudiri
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.