Joriy yilning 19 mart sanasida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev boshchiligida o’tkazilgan videoselektor yig’ilishida yoshlarimizga bo’lgan e’tiborni yanada kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko’nikmalarini shakllantirish, yurtimiz yoshlari o’rtasida kitobxonlikni targ’ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga urg’u berildi.
Ushbu ustuvor vazifalarni joylarda ijrosini ta’minlash maqsadida, hozirda bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Andijon davlat universiteti rektori A.S.Yuldashevning ko’rsatmasiga ko’ra, ushbu vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida, 8-aprel kuni tarix fakulteti jamoasi tomonidan yig’ilish o’tkazilib, ushbu ustuvor vazifalarning mohiyati va uning ijrosi xususida 4-bosqich talabalari bilan muloqot o'tkazildi.
Yig’ilishda tarix fakulteti dekani R.R.Shamsitdinov, O’zbekiston tarixi kafedrasi mudiri S.Xoshimov, jahon tarixi kafedrasi mudirasi T.Xamraeva, tarix fakulteti sifat komissiyasi raisi E.Erkaev va 4-kurs talabalari ishtirok etdilar. Unda beshta ustuvor tashabbusni keng jamoatchilik orasida targ’ib qilish va ularni amalga oshirish xususida, qolaversa, davlat attestatsiyasiga tayyorgarlik, bitiruvchi talabalarimizning bitiruv malakaviy ishlarini tayyorlashda turli qonun buzilish holatlarinin oldini olish, kelgusida bitiruv malakaviy ishlari bo’yicha qo’shimcha konsultatsiya xizmatini tashkil qilish, bitiruv malakaviy ishlarining sifat darajasini yaxshilash masalalari ham ko’rib chiqildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI