Ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning "Yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarish", "Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish" bo‘yicha amaliy ishlarni amalga oshirish hamda talaba-qizlarni mustaqil oilaviy hayotga xar tomonlama tayyorlash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida boshlang‘ich xotin-qizlar qo‘mitasining tashabbusi bilan yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamkorligida 1-sonli TTJda yashovchi talaba-qizlar o‘rtasida "Sarishtali qiz" ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
Ko‘rik-tanlov davomida qizlar pazandachilik, maishiy sohadagi bilim va malakalari, badiiy adabiyot mutolaasi, o‘z qiziqishlari va ijordkorlik mahoratlari bo‘yicha o‘zaro bellashdilar. Juda ko‘tarinki va bayramona tarzda o‘tgan tanlov so‘nggida ishtirokchi qizlarning barchasi universitet rahbariyati hamda xodimlar va talabalar kasaba uyushma qo‘mitasining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Bu tanlov talabalarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish, ularni, oilaga tayyorlash, badiiy-estetik jihatdan tarbiylash, bilim olishga, kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi. Bunday tanlovlarni o'tkazishda tashabbuskor va bosh-qosh bo'layotgan yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi boshlig'i Abdukarim Akbarov hamda boshlang‘ich xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Umidaxon Ahmedovaning xizmatlari nihoyatda katta bo'lmoqda.
Bu sohalarda amaliyotga oshrilayotgan islohotlarning zamirida yoshlarimizning barcha tomondan rivojlantirish, kelajagimizni munosib qo‘llarga topshirishdek oliyjanob maqsad yotganiga shubha yo‘q.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI