Andijon Davlat
Universiteti
TABIIY FANLAR FAKULTETIDA MINI FUTBOL BO’YICHA "DEKAN KUBOGI" QIZG'IN KURASHLARGA BOY O'TMOQDA
2019-04-05    4299

Yurtboshimiz jamiyatda ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy sohadagi ishlarni yanada yaxshilash borasida ilgari surgan 5 ta muhim tashabbus bu sohalardagi ishlarni yanada jonlantirishga katta turtki bo’ldi.

Avval xabar berganimizdek, barcha fakultetlarda bu boradagi ishlarni amalga oshirish bo’yicha yo’l xaritalari ishlab chiqilib, bu bo’yicha tizimli ishlar yo’lga qo’yildi.

Tabiiy fanlar fakultetida ham yo’l xaritasiga asosan, yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularni sport sohasidagi qobiliyatini namoyon qilishlari uchun fakultetda mavjud ta’lim yo’nalishlari o’rtasida sportning mini futbol turi bo`yicha “Fakultet dekani kubogi” musobaqasi tashkil etildi.

Olimpiya tizimi bo’yicha tashkil etilgan musobaqa 14 kun davomida o'tkazilishi rejalashtirilgan bo’lib, 1 aprel kuni start oldi. Shiddat bilan kechayotgan musobaqaning 4 ta o'yini bugun bo'lib o'tdi. Quyida ushbu murosasiz baxslardan foto lavhalarni e'tiboringizga havola etamiz.

 

A.A.Zokirjonov
www.adu.uz muxbiri
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.