Andijon Davlat
Universiteti
XOTIN-QIZLARNI ISH BILAN TA’MINLASH BO’YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
2019-04-05    6621

Davlatimiz rahbari tomonidan ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning biri – xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash eng dolzarb masalalardan biridir.

Ushbu muhim vazifani ijro etish bugungi kun talabidir. Andijon davlat universiteti Xotin qizlar qo‘mitasi boshlang'ich tashkiloti raisi Umidaxon Axmedova tashabbusi bilan "Mehnat ta’limi" yo‘nalishi bitiruvchi talaba-qizlarini ishga joylashtirish, 1-2-kurs talaba-qizlarining darsdan bo‘sh vaqtlarida qo‘shimcha kasb-hunarga hamda xotin-qizlar o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirishga yo‘naltirish maqsadida boshlang‘ich xotin-qizlar tashkiloti hamda pedagogika fakulteti "Mehnat ta’limi" kafedrasi hamkorligida Andijon shahridagi "Bog‘ishamol tekstil lyuks" MChJga tashrif uyushtirildi.

Tashrif davomida "Bog‘ishamol tekstil lyuks" MChJning moliyaviy masalalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Sanobar Xakimova Mehnat ta’limi yo‘nalishining 60 dan ortiq talabalarini gazlama to‘qish, bichish, tikish, bezak berish va dazmollash sexlarida bajariladigan ish jarayoni bilan yaqindan tanishtirdi va ularni qiziqtirgan barcha savollarga javob berdi.

Bitiruvchi bosqich talabalari bilan ishga joylashishi bo‘yicha suhbatlar ham o‘tkazilib amaliy natijalarga ham erishildi. Talabalardan ko‘pchiligi o‘qishni tamomlab, ushbu ishlab chiqarish korxonasida ishlash istagi boriligini bildirishdi va ishchilarning oylik maoshlari, ular uchun yaratilgan sharoitlar, ish xajmi haqida kerakli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Bunday tashriflar talaba-qizlarni o‘qishni yakunlab ishga joylashishlarida katta yordam berishi shubhasiz.

Omonboyeva Muxlisa
www.adu.uz muxbiri, Maktabgacha ta'lim fakulteteti talabasi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.