Andijon Davlat
Universiteti
"YURAKDAGI NOLALARIM"
2019-04-04    3405

Prezidentimiz Sh.Mirziyoev bugungi kunda yoshlarga bo’lgan e’tiborni yanada kuchaytirish, ularni san’atga, ilm olishga, sportga jalb etish uchun yetarli sharoitlarni yaratish lozim ekanini ta’kidlamoqda. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbus hamda uni amalga oshirish mexanizmlari bo’yicha berilgan ko’rsatmalarga asosan universitetimizda ham tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Universitetimizda yoshlarni musiqa va san'atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, ularni iste'dodni yuzaga chiqarish maqsadida iste’dodli yoshlarni yakkaxon konsertlarini o’tkazish an’anaga aylanib bormoqda. Bu borada universitet ma’muriyati kerakli sharoitlarni yaratish maqsadida mehnat qilmoqda. Universitet rektori professor A.Yuldashev, pedagogika fakulteti dekani Ch.Shakirova, yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari Q.Nuriddinov, Musiqa ta’limi kafedrasi mudiri Sh.Ahmedov, kafedra o’qituvchilari  va universitet Yoshlar Ittifoqi boshlang'ich tashkilotchisi E.Xolmirzaevlarning ko’magida Andijon davlat universiteti katta majlislar zalida Musiqiy ta'lim yo'nalishi 1-kurs talabasi Omadbek Karimov o’zining "Yurakdagi nolalarim" nomli yakkaxon jonli ijrodagi konsertini o’tkazdi.

Konsertda yo’nalish talabalaridan tuzilgan ijodiy guruhi a’zolari: G’ulomov Azizbek, Qo’chqarov Xusniddin, Turg’unov Raxmatillo, Xakimov Shohjahonlar musiqalarni maromiga yetkazib ijro etdilar. Omadbek Karimov va dastur mehmoni 7 yoshli Izzatbek Akbaraliyev tomonidan ijro etilgan ona, vatan, muhabbatni madh etuvchi kuy va qo’shiqlar barcha tashrif buyurgan mehmonlar va talabalarning olqishiga sazovor bo’ldi. Dasturning yana bir mehmoni, so'z ustasi G'ayratbek Ahmedov o'zining ajoyib handalari bilan barcha ishtirokchilarga ko'tarinki kayfiyat bag'ishladi.

Musiqiy dastur yakunida rektor A.Yuldashev va fakultet dekani Ch.Shakirovalar Omadbekni va sozanda ijrochi talabalarni faxriy yorliqlar bilan taqdirlab, kelajakda yuksak cho’qqilarni egallshlarini tiladilar.

Bunday musiqiy tadbirlar barchaga madaniy xordiq bag'ishladi. Shuningdek, iste'dodlarni o'sib borishlari uchun muhim ahamiyatga ega.

 

D.Raimova, H.Yuldasheva, S.Siddiqova
Musiqa ta’limi kafedrasi o’qituvchisi, BTSTI ta’lim yonalishi 1-bosqich talabalari
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.