Andijon Davlat
Universiteti
XUSUSIY MAKTAB O'QUVCHILARI UNIVERSITETIMIZDA
2019-04-01    3516

Joriy yilning 29-mart kuni Andijon shahrimizda joylashgan "Islom Karimov izdoshlari" nomli xususiy maktabida tahsil oluvchi bir guruh o'quvchilari maktabning fizika fani o’qituvchisi Rufina Rahmatulina boshchiligida universitetimizga tashrif buyurdilar. Tashrifdan maqsad, o’quvchilar biologiya va fizika fani oyligi doirasida o'quv dargohimizdagi zamonaviy, barcha qulayliklarga ega fizika labaratoriyamiz bilan yaqindan tanishib, bilimlarini yana bir karra mustahkamlashdir.

Universitetimiz rektori Akramjon Yuldashev o'quvchilar bilan shaxsan uchrashib, samimiy suhbatlashdi.

Maktab o'quvchilariga fizika fakulteti katta o'qituvchisi Yorqinjon Mamatoxunov o'zining bilim va ko'nikmalarini beminnat bo'lishdi. Bir-biridan qiziq va kerakli tajribalarni ko'rsatib o'tdi, o'quvchilarga ham mustaqil bajarishlarida ko'maklashdi.

O'quvchilar ushbu tashrif davomida bir olam taassurotlarga ega bo'ldilar hamda shunday oliy ta'lim maskani talabalariga aylanishni oldilariga maqsad qilib oldilar.

Xususiy maktab jamoasi, o'quvchilar va ularning ota-onalari ushbu ekskursiyaga shart-sharoit bergan universitetimiz rektori A.S.Yuldashevga va fizika fakulteti professor-o’qituvchilariga chuqur minnatdorchlik izhor qildilar.

Kelgusida bu kabi hamkorliklar bardavom bo'lishiga tilakdoshmiz.

 

 

 

Ismanova Diloromoy
www.adu.uz muxbiri
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.