Andijon Davlat
Universiteti
FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETIDA FUTBOL SPORT TURI BO’YICHA “DEKAN KUBOGI - 2019” MUSOBAQASIGA START BERILDI
2019-04-01    4377

Andijon davlat universiteti Fizika-matematika fakultetida Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasidagi belgilab berilgan "Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatlarini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo'naltirish" vazifasi ijrosini ta'minlash, talaba yoshlarni sportga jalb qilish, sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, ular orasida sportning futbol turini rivojlantirish maqsadida mini futbol bo'yicha guruhlar o'rtasida fakultet birinchiligi "Dekan kubogi -2019" ga start berildi.

 

Musobaqani Fizika-matematika fakulteti dekani M.Mahkamov ochib, qur'a tashlash natijasida aniqlangan jamoalar tarkibidagi futbolga qiziqqan talabalarning o'yinlariga omad tiladi va shuningdek, ushbu turdagi o'yinlar bundan buyon muntazam tashkillashtirilishini aytib o'tdi.

"Dekan kubogi -2019" mini futbol musobaqasiga start bergan fakultet dekani M.Mahkamov o'yinni o'zi boshlab berdi, shundan so'ng qizg'in va shiddatli mini futbol o’yinlari boshlandi. Musobaqa jarayonlaridan xabarlarni berib boramiz.

 

 

Olimbek Tursunov
Yoshlar ittifoqi faoli, Fizika-matematika fakulteti talabasi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.