Andijon Davlat
Universiteti
MASHXUR SPORTCHI TALABALARIMIZ O’QUVCHI-YOSHLAR BILAN UCHRASHDI
2019-03-28    3810

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida joriy yilning 19 mart kuni yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan edi. Yig’ilishda prezidentimiz ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surdi.

Andijon davlat universitetida ham 5 ta tashabbusda ilgari surilgan g’oyalarni amalga oshirish maqsadida “Yo’l xaritasi” ishlab chiqilgan.

Ishlab chiqilgan “Yo’l xaritasiga” ko’ra maktab va kollejlarda madaniyat, ta’lim, san’at va sport sohasida yuksak marralarni zabt etgan hamda katta yutuqlarga erishgan universitet talabalari bilan o’quvchi-yoshlar uchrashuvlarini o’tkazish ko’zda tutilgan.

2019-yil 26-mart kuni jismoniy madaniyat fakulteti xotin-qizlar yo‘nalishi 403-guruh talabalari D.Asqarova, M.Mamadalievalar tashabbusi bilan boks bo‘yicha O‘zbekiston, Osiyo chempioni hamda jahon chempionati sovrindori Iqboljon Holdarov va kurash bo‘yicha O‘zbekiston, Osiyo, jahon chempioni Ilxomjon Mashrapovlar ishtirokida Andijon 1-maishiy xizmat ko‘rsatish kasb-xunar kolleji o‘quvchi-yoshlari bilan “Men ham chempion bo‘laman” mavzusida uchrashuv tashkil etildi. Davra uchrashuvida 60 ga yaqin o‘quvchi-yoshlar qamrab olindi.

Bu uchrashuv o’quvchi yoshlarda sportga qiziqishning ortishiga, sportchi akalaridek dunyoga o’zbek nomini yanada keng tanitishga intilishi, vatanparvarlik g’oyalarini shakllantirishi shubhasiz.

 

 

 

 

Q.Mamadaliyev
Jismnoniy madaniyat fakulteti yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.