Andijon Davlat
Universiteti
"MEN NECHUN SEVAMAN O'ZBEKISTONNI" MAVZUSIDA INSHOLAR TANLOVI O'TKAZILDI
2019-03-30    13792

"O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tizimida 2019-yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo'yicha chora-tadbirlar dasturi"da belgilangan vazifalar doirasida oliy ta'lim muassasalarida "Insholar tanlovi" tashkil etilmoqda. Andijon davlat unversitetida ham "Men nechun sevaman O'zbekistonni" mavzusida insholar tanlovi bo'lib o'tdi. Ushbu tanlovda barcha fakultetlardan 50 ga yaqin talabalar faol ishtirok etdi. Tadbirni tashkillashtirish jarayoniga universitetimizning "Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat" bo’limi bosh qosh bo’ldi.

Ushbu tadbirni o'tkazishdan asosiy maqsad Andijon davlat unversiteti yoshlarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda milliy g’urur, vatanni e’zozlash tuyg’ularini shakllantirishdan iborat.

Tanlovni Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Abdukarim Akbarov ochib berdi. Ustozimiz o‘z so‘zida universitetimizda talabalarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, hukumatimiz tomonidan yoshlarga qaratilayotgan e’tibor xususida gapirib, ishtirokchilarga bugungi tanlovda faol bo‘lishlarini va kelgusi o‘qish va ishlarida ulkan muvaffaqiyat tiladi.

Tanlov raisi Kamoliddin Shahobov tanlovni boshlashdan oldin barcha fakultetlardan tashrif buyurgan yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlariga tanlovni adolatli va xolis o‘tishini ta’minlash maqsadida fikr-muloxazalarini bildirib o‘tish taklifini kiritdi va ishtirokchilarni tanlov shartlari bilan yana bir bor tanishtirib o’tdi.

Tanlovda o‘z kuchiga ishongan, ijodkor va fakultetida na’munali xulqi, bilimga chanqoqligi bilan ajralib turgan talaba yoshlar ishtirok etdi. Tanlov ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi.

Natijalar tanlov komissiya a’zolari tomonidan ko‘rib chiqilganidan so‘ng, 2019-yil 2-aprel kuni universitet veb-saytida e’lon qilinadi hamda g'oliblar qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadi.

A.A.Zokirjonov
www.adu.uz muxbiri
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.