Qirg‘iziston Respublikasi fan va ta’lim vazirligi O‘sh davlat universiteti va Andijon davlat universiteti o‘rtasida 2017 yil 5 dekabr kuni imzolangan o‘zaro hamkorlik memorandumiga asosan ikki universitet o‘rtasida ta’lim tizimini takomillashtirish va hamkorlikda ilmiy faoliyat olib borish bo‘yicha aloqalar yo‘lga qo‘yilmoqda.
2019-yil 28-mart kuni O‘sh davlat universiteti 24 kishidan iborat delegatsiyasi Andijonga tashrif buyurdi. Delegatsiya tarkibida bo‘lgan 4 nafar professor-o‘qituvchilar va Sharqshunoslik yo‘nalishining 20 nafar talabalari O‘zbekiston xususan, qadimiy shaharlardan biri bo‘lmish Andijon shahriga ekskursiya uyushtirib, uning tarixi bilan tanishishni maqsad qilganlar.
Mehmonlarni Jahon tarixi kafedrasi mudiri, t.f.n T.R.Xamraeva, O‘zbekiston tarixi kafedrasi mudiri, t.f.n S.Xoshimov, Jahon tarixi kafedrasining katta o‘qituvchisi F.R.Isakova, O‘zbekiston tarixi kafedrasi o‘qituvchisi J.Iminov, Tarix fakultetining bir qator iqtidorli talabalari kutib oldilar. Delegatsiya a’zolari Andijon davlat universitetiga tashrif buyurib, talabalar bilan suhbatlashdilar, mehmonlar talabalarga kitoblar taqdim qildilar, kelgusida amalga oshiriladigan ilmiy hamkorlik aloqalari bo‘yicha rejalarni kelishib oldilar.
Shundan so‘ng mehmonlar Andijon davlat universiteti tuzilmasidagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi”ga tashrif buyurib, muzey eksponatlari bilan tanishdilar. O‘sh davlat universiteti Xalqaro munosabatlar fakultetining Sharqshunoslik kafedrasi vakillari professor R.T.Shamsutdinov rahbarligidagi “Meros” xalqaro xayriya jamg‘armasi bilan hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzoladilar.
Shundan so‘ng mehmonlar Andijon davlat viloyat arxiviga, viloyat davlat tarix va madaniyat muzeyiga tashrif buyurdilar. Andijonning diqqatga sazovor joylari: Andijon Registoni, Eski shahar hududi, hunarmandlar ko‘chasini borib ko‘rgan mehmonlar viloyatimizdagi katta o‘zgarishlarni e’tirof etdilar. Shundan so‘ng mehmonlar Z.M.Bobur nomidagi milliy istirohat bog‘ida joylashgan “Zahiriddin Muhammad Bobur va jahon madaniyati” muzeyiga tashrif buyurdilar.
O‘sh davlat universiteti vakillari ushbu ekskursiyadan juda ko‘p qiziqarli ma’lumotlar, bilimlar olganligini ta’kidlab o‘tdilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI