Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITET RAHBAR HODIMLARI KITOB SOVG’A QILISH AKSIYASIDA ISHTIROK ETDILAR
2019-03-29    3420

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida bugun, 19 mart kuni yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan edi. Yig’ilishda prezidentimiz ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surdi.

Ushbu tamoyillardan biri yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan. Prezidentimiz ushbu yig’ilishda barcha darajadagi rahbarlar maktablarga kitob sovg’a qilishi taklifini berib, bu kitobxonlikni rivojlantirish bilan birga yosh avlod tarbiyasida ijobiy samara berishini ta’kidlab o’tdi. Ayni shu taklif mamlakatimiz jamoatchiligi tomonidan mamnunlik bilan kutib olindi.

Andijon davlat universitetida ham videoselektor yig’ilishidagi barcha masalalar bo’yicha berilgan topshiriqlar bo’yicha yig’ilish o’tkazildi va ularni ijrosi bo’yicha yo’l xaritalari ishlab chiqish belgilandi.

Andijon davlat universiteti rektori Akramjon Yuldashev yig’ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning 23-mart kuni Jalaquduq tumanidagi 3-umumta'lim maktabi kutubxonasiga 20 xil nomdagi badiiy asarlar to‘plamini taqdim etdi.

Universitet ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori Baxtiyor Rasulov esa rahbarlik lavozimlarida ishlayotgan sinfdosh do’stlari bilan Andijon tumanidagi o’zi o’qigan 44-umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, 80 dan ortiq turli nomdagi badiiy kitoblar va o‘quv qo‘llanmalar to’plamini maktab kutubxonasiga taqdim qildilar.

Ushbu ezgu tashabbus kelajakda albatta o’z mevasini beradi. Kitob inson ma’naviyatini boyitadi, shaxs sifatida shakllanishida katta rol o’ynaydi. Zero, ma’naviy yuksak insonlar jamiyat taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchi bo’lib xizmat qiladi.  

Matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.