Andijon Davlat
Universiteti
PEDAGOGIKA FAKULTETIDA YOSHLAR ITTIFOQI FAKULTET YETAKCHILIGIGA SAYLOV BO’LIB O’TDI
2019-03-28    4241

26-mart kuni Pedagogika fakultetidа fakultet yoshlar ittifoqi yetakchisi uchun ochiq saylov bo'lib o'tdi. Saylovni universitet yoshlar ittifoqi yetakchisi E.Xolmirzayev ochib berdi. Saylovni boshlashdan oldin dastlab yoshlar bilan ishlash dekan o'rinbosari Q.Nuritdinov ovoz berish tartib-qoidalarini talabalarimizga tushuntirib o'tdi.

Fakultet yoshlar ittifoqi yetakchiligi uchun ushbu saylovga fakultetimiz faol talabalaridan 3 nafari tavsiya etilib, nomzodlari ko'rsatilgan edi. Ular:

1.Shahobitdinov Hayotbek Xakimjon o'g'li

2.Atabayev Nurullo Qahramonjon o'g'li

3.Abdullayev Yo'ldoshali Amirullayevich.

Saylov natijalariga ko'ra 56 ta ovoz bilan Shahobitdinov Hayotbek Xakimjon o'g'li yoshlar ittifoqi fakultet yetakchiligiga saylandi. Saylov davomida amaldagi fakultet yoshlar ittifoqi yetakchisi I.Boltaboyev so'zga chiqdi hamda 2018-2019-yillar mobaynida fakultetning iste'dodli talabalari erishgan yutuqlari hamda, fakultetdagi yoshlar ittifoqi faoliyati to'g'risida hisobot berdi.

Darhaqiqat, I.Boltaboyev faoliyat yuritgan 6 yil ichida fakultetimizda ko'plab ijobiy o'zgarishlar bo'ldi. Barcha talabalar nomidan I.Boltaboyevga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz va kelgusidagi ishlariga ham muvaffaqqiyat tilaymiz.

 

 

 

Rasulova Mukarramoy, Yuldasheva Hilola
www.adu.uz muxbirlari
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.