Andijon Davlat
Universiteti
GEOGRAFIYA KAFEDRASI KUBOGI UCHUN O‘TKAZILGAN FUTBOL MUSOBAQASI YAKUNLANDI
2019-03-20    4481

An’anaviy o‘tkazib kelinayotgan “Geografiya kafedrasi kubogi” – 2019-yilning fevral – mart oylarida tashkil etildi. Unda 9 ta jamoa g‘oliblik uchun kurash olib bordi. 2019-yil 6-mart kuni futbol musobaqalarining birinchi tur davra o‘yinlari nihoyasiga yetdi. Geografiya kafedrasida 2019-yil 11-mart kuni 2-davra o‘yinlariga qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi va yarim finalchilar aniqlandi. Yarim finalga quyidagi jamoalar chiqdilar:

  • 201-guruh talabalarining “201-geografiya” jamoasi
  • 203-guruh talabalarining “Yoshlik” jamoasi
  • 300-guruh talabalarining “Buyuk Turon” jamoasi
  • 301-guruh talabalarining “Shijoat” jamoasi

Yarim finalning birinchi o‘yini “201-geografiya” (201-guruh) va “Shijoat” (301-guruh) jamoalari o‘rtasida 12.03.2019 yil kuni o‘zaro bahs o‘tkazadigan bo‘ldi. Ikkinchi finalchi nomi esa talabalarining “Yoshlik” (203-guruh) va “Buyuk Turon” (300-guruh) jamoalari 14.03.2019 yil kungi o‘yinda aniqlanadigan bo‘ldi. Eng kuchli jamoalar final bahsida 2019 yil 19 martda Navro‘z bayrami arafasida g‘oliblik uchun o‘zaro kuch sinashadilar.

Musobaqaga ruxsat berilgandan so‘ng 12-mart kuni o‘zaro kuch sinashgan “201-geografiya” jamoasi bilan 301-guruh talabalarining “Shijoat” jamoasi natijalariga ko‘ra  7:4 hisob qayd qilindi.

2019-yil 14-mart kungi o‘tkazilgan ikkinchi yarim final o‘yinida “Yoshlik” va “Buyuk Turon” jamoalari to‘g‘ri keldilar va o‘tkazilgan o‘yin natijalariga ko‘ra 8:3 hisob bilan “Buyuk Turon” jamoasi g‘alaba qozondi.

Futbol musobaqasi tobora qizg‘in tus oldi. Joriy yilning 18 mart kuni final musobaqasining yakunlovchi bahsi bo‘lib o‘tdi. Final o‘z nomiga yarasha bo‘lib o‘tdi. Jamoalar g‘oliblik uchun qat’iy bel bog‘lab, astoydil o‘ynadilar. Buni o‘yin natijalaridan ham bilib olsa bo‘ladi. Birinchi taymda asosan “Buyuk Turon” jamoasi 3:1 hisobida ustunlik qilgan bo‘lsa, ikkinchi taymda “201-geografiya” jamoasi xavfli hujumlar uyushtirdi va natajani o‘z tomoniga og‘dirishga harakat qildi. Ayniqsa, oxirgi minutlar juda his-hayajonli o‘tdi. Goh bu jamoa, goh bu jamoa xavfli xujular tashkil etdi. Natijada “Buyuk Turon” va “201-geografiya” jamoalari bahsida yakuniy 4:3 hisobda “Buyuk Turon” jamoasi g‘alaba qozondi va 2018-2019 o‘quv yilida “Geografiya kafedrasi kubogi” sohibiga aylandi.

Navro‘z bayrami munosabati bilan o‘tkazilayotgan futbol musobaqasi taqdirlash marosimi shu kuni Andijon shahar “Dukchi Eshon” MFYda Tabiiy fanlar fakulteti “Navro‘z” bayramiga ulashib ketdi. Bosh sovrin “Geografiya kafedrasi kubogi” g‘oliblarga tantanali topshirildi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Tadbir mobaynida talabalar o‘zlarining qiziqarli chiqishlari bilan tomoshabinlarni xursand qildilar.

 

:                              

 

 

M.Payzullaev
Geografiya kafedrasi katta o‘qituvchisi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.