Andijon Davlat
Universiteti
MILLIY LIBOSLAR QADRIYATLARDAN SOʻZLAYDI
2019-03-20    8385

Ona tabiatni sevish va ardoqlash, hayot gultoji bo’lmish insonni qadrlash, Vatanga muhabbat va sadoqat kabi ezgu g’oyalarni o’zida mujassam etgan Navro’z xalqimizning eng qadimiy, asl milliy bayramidir. Navro’z mustaqillik yillarida yangicha ma’no mazmunga ega bo’lib, tom ma’noda umumxalq bayramiga aylandi.

Navro’z bayramining beqiyos ijtimoiy- ma’naviy ahamiyatini hisobga olgan holda ushbu qutlug’ ayyomni yuksak saviyada nishonlash maqsadida Andijon viloyati Xonobod shahridagi madaniyat va istirohat bog’ida Navro’z sayli bo’lib o’tdi.

Sayl davomida talaba yoshlarni ongida milliy qadriyatlarimiz va urf-odatlarimizga bo’lgan mehr- muhabbatni kuchaytirish, bayramona kayfiyatlar ulashish maqsadida milliy qadriyatimizning ajralmas qismi hisoblangan bir qator ko’rik tanlovlar o’tkazildi. Jumladan, “ Milliy o’yinlar musobaqasi”, “Navro’z milliy taomlar dasturxoni”, “ Urf-odat va an’analarimiz aks etgan lavhalar”, “Milliy turmaklar va bahoriy soch turmaklar podiumi ” kabi ko’plab tanlovlar o’tkazildi.

Ushbu podiumda har bir yetakchi tashkilot a’zolari, oliy ta’lim muassasalari o’qituvchilari rahbarligi ostida ularning talabalari, taniqli dizaynerlar o’zlarining zamonaviy va eng so’nggi jahon andozalaridagi mualliflik to’plamlari bilan ishtirok etishdi. Mana shu jarayon Andijon davlat universiteti o’qituvchilari va talabalarini ham chetlab o’tmadi. Ushbu saylda Andijon davlat universitetining “ Qizlarjon klubi” ning a’zolari universitetimiz Boshlang’ich Xotin- qizlar qo’mitasi raisi U. Ahmedova tomonidan faol ishtirok etishdi.

Navro’z xalqimizning milliy bayrami bo’lganligi sababli bayramda asosan milliy kiyimlar hamda milliy soch turmaklar namoyishi bo’lib o’tdi. Tabiiy ipak matoli kamalakrang xonatlas, ko’rkam adras , baxmal, nafis shoyi kabi milliy matolarimizdan milliylik va zamonaviylikni uyg’unlashtirgan holda dizaynerlar tomonidan yaratilgan ijod namunalari o’zining yorqinligi va nozik uslubi bilan ko’pchilikni e’tiborini tortdi.

Tadbir so’ngida xorijdan kelgan mehmonlar dizaynerlar tomonidan namoyish etilgan liboslarning yuksak did va mahorat bilan tayyorlanganligini e’tirof etdilar. Xonobod shahridagi bugungi o’tkazilgan sayl o’zining har tomonlama mukammal darajada tashkil etilgani bilan barchaning ko’ngliga birdek manzur bo’ldi va ularga olam olam zavq baxsh etdi. Bugungi saylimiz yoshlarimizda milliy qadriyatlarimizning bardavomiyligini ta’minlashga xizmat qildi. Navzo’z xalqimizda obodlik, tinchlik-totuvlik, millatlararo ahillik, bag’rikenglik ramzi hamda qalblarimizda ezgulik uyg’otadigan haqiqiy sharqona bayram bo’lganligi uchun ham yurtimizning har bir viloyatlatlari va tumanlarida bayram sayllari davom etmoqda.

Bachangizga kirib kelayotgan Navro’zi ayyom muborak bo’lsin aziz yurtdoshlar.

 

 

 

Madinabonu Rasulova
www.adu.uz muxbiri
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.